December 5, 2023

#tadbir #мероприятие #event


Respublikamiz boʻylab “Street Law” loyihasi doirasida Oʻzbekiston Konstitutsiyasi boʻyicha interaktiv mashgʻulotlar boshlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar yuridik texnikumlarning oʻqituvchilari va oʻquvchilaridan iborat “Street Law” loyihasi volontyorlari jamoasi tomonidan maktablarda Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan uning mazmun-mohiyati boʻyicha interaktiv mashgʻulotlar olib borilmoqda.

“Siz oʻz huquqlaringizni anglab yetmoqchimisiz? Avval Konstitutsiyani oʻrganing!” mavzusida oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar oʻquvchilarda Oʻzbekiston Konstitutsiyasining hayotiy ahamiyatini tushuntirib bera olish hamda unda mustahkamlangan shaxsiy huquq va erkinliklarni kundalik hayotda qoʻllay olish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, mashgʻulotlar davomida oʻquvchilar loyiha volontyorlaridan mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda.

——————————

В рамках проекта «Street Law» по республике проводятся интерактивные занятия о Конституции Узбекистана

В связи с 31-годовщиной принятия Конституции Республики Узбекистан команда волонтеров проекта «Street Law», в которую входят преподаватели и учащиеся юридических техникумов Республики Каракалпакстан и областей, начала проводить интерактивные занятия в школах, посвященные содержанию Основного закона.

Занятия на тему «Хотите ли вы понять свои права? Сначала изучите Конституцию!» направлены на развитие у учащихся умений объяснять жизненно важное значение Основного закона и применять закрепленные в нем личные права и свободы в повседневной жизни. На уроках учащиеся получают ответы на интересующие их вопросы по теме.

——————————

As part of the “Street Law” project, interactive classes on the Constitution of Uzbekistan are being held across the republic

In connection with the 31st anniversary of the adoption of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, a team of volunteers of the “Street Law” project, which includes teachers and students of law colleges of the Republic of Karakalpakstan and regions, began conducting interactive classes in schools dedicated to the content of the Constitution.

Classes on the topic “Do you want to understand your rights? Study the Constitution first!” are aimed at developing students' skills to explain the vital importance of the Constitution and apply the personal rights and freedoms enshrined in it in everyday life. During the lessons, students receive answers to their questions on the topic.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram