August 24

#yangilik #новость #news

TDYU talabalari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik muassasalarida amaliyot o‘taydi.

"Oliy taʼlim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli va xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan talabalarining amaliyotini mamlakatimizning xorijdagi muassasalarida tashkil etish belgilangan.

Shunga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakultetining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan, fanlardan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan, o‘qishi, ijodkorligi va ilmiy faoliyati bilan tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan hamda chet tilini bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xorijiy sertifikatga ega bo‘lgan quyidagi 5 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatic muassasalarida amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritdi:

1. Sayfullayeva Mahbuba Azim qizi — Ozarbayjon Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasida;
2. Abdulazizova Madinabonu Azizbek qizi — Avstriya Respubliaksidagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasida;
3. Asatullayev Nig‘matilla Ziyodulla o‘g‘li — Xitoy Xalq Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasida;
4. O‘ktamova Farangiz Muzaffar qizi — Eron Islom Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasida;
5. Nosirxonov Sarvarxon Mahmudxon o‘g‘li — Germaniya Federativ Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasida.

Amaliyot universitet tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishilgan dasturga muvofiq tashkil etiladi hamda bir o‘quv yilida bir marta kamida 10 kun va 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.

Talabalarimizni mazkur muvaffaqiyat bilan universitetimiz jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Umid qilamizki, ularning ushbu yutuqlari tengdoshlarining a’lo o‘qishga va chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan intilishini oshirishga xizmat qiladi.

——————————

Студенты ТГЮУ будут проходить практику в дипломатических учреждениях Республики Узбекистан за рубежом

Согласно Положению об организации производственной практики студентов, обучающихся в высших учебных заведениях в области международных отношений, в зарубежных учреждениях Республики Узбекистан, определена организация практики талантливых студентов высших учебных заведений, в совершенстве овладевших иностранными языками, в зарубежных учреждениях нашей страны.

Согласно документу, следующие 5 студентов факультета международного права и сравнительного правоведения Ташкентского государственного юридического университета, имеющие высокие показатели успеваемости, своей учебой, научной и творческой деятельностью служащие примером для сверстников, в совершенстве владеющие иностранными языками и имеющие национальный или иностранный сертификат о знании иностранного языка, получили возможность пройти практику в дипломатических учреждениях Республики Узбекистан за рубежом:

1. Сайфуллаева Махбуба Азим кизи – посольство Республики Узбекистан в Азербайджанской Республике;
2. Абдулазизова Мадинабону Азизбек кизи – посольство Республики Узбекистан в Австрийской Республике;
3. Асатуллаев Нигматилла Зиёдулла угли – посольство Республики Узбекистан в Китайской Народной Республике;
4. Уктамова Фарангиз Музаффар кизи – посольство Республики Узбекистан в Исламской Республике Иран;
5. Носирхонов Сарвархон Махмудхон угли – посольство Республики Узбекистан в Федеративной Республике Германия.

Практика организуется по программе, разрабатываемой вузом и согласованной с принимающей организацией. Практика проводится один раз в течении одного учебного года продолжительностью не менее 10 дней и не более 30 дней.

От имени коллектива нашего университета мы искренне поздравляем наших студентов с этим успехом. Мы надеемся, что их достижения послужат стремлению их сверстников к отличной учебе и изучению иностранных языков.

——————————

Students of TSUL will undertake internships at Diplomatic Institutions of the Republic of Uzbekistan in foreign countries

According to the Regulations on organizing internships for students studying at Higher Educational Institutions in the field of International Relations, internships for talented students from higher educational institutions, who have mastered foreign languages, have been arranged in the foreign institutions of our country.

According to the document, the following five students from the Faculty of International Law and Comparative Legislation of Tashkent State University of Law, who have demonstrated high academic performance, exemplary conduct in their studies, scientific, and creative activities, and who have mastered foreign languages with national or international certification, have been given the opportunity to undertake internships at the diplomatic institutions of the Republic of Uzbekistan abroad:

Saifullaeva Makhbuba Azim qizi – Embassy of the Republic of Uzbekistan in the Republic of Azerbaijan;
Abdulazizova Madinabonu Azizbek qizi – Embassy of the Republic of Uzbekistan in the Republic of Austria;
Asatullaev Nigmatilla Ziyodulla ogli – Embassy of the Republic of Uzbekistan in the People's Republic of China;
Uktamova Farangiz Muzaffar qizi – Embassy of the Republic of Uzbekistan in the Islamic Republic of Iran;
Nosirkhonov Sarvarxon Makhmudkhan ogli – Embassy of the Republic of Uzbekistan in the Federal Republic of Germany.

The internship is organized according to a program developed by the university and agreed upon with the host organization. The internship is held once during the academic year and lasts no less than 10 days and no more than 30 days.

On behalf of the university staff, we sincerely congratulate our students on this achievement. We hope that their success will inspire their peers to excel in their studies and learn foreign languages.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram