February 19

#yangilik #новость #news


“TSUL Jessup” qatorasiga ikkinchi marotaba Jessup Mootning Oʻzbekiston milliy raundlari g‘olibi bo‘ldi

Xalqaro musobaqaning Olmaota shahrida o‘tkazilgan milliy raundlarida Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti jamoalari ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari — Sarvarxon Nosirxonov, Javohir Miraliyev, Muhammadali Rahmonov va Kumushxon Abdumutalimovadan iborat jamoa mintaqa g‘olibi deb topildi. Endi Sebastyan Lafrans va Ahrorxon Nabirayev boshchiligida jamoamiz Jessup Mootning Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan final bosqichida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi.

Milliy raundlarda “TSUL Jessup” jamoasi “Eng yaxshi memorandum” nominatsiyasida g‘olib topilgan bo‘lsa, jamoa a’zosi Sarvarxon Nosirxonov “Eng yaxshi spiker” deb topildi.

Shuningdek, milliy raundlar doirasida jamoamiz Qozog‘iston va Qirg‘iziston universitetlari jamoalari bilan o‘rtoqlik bellashuvlarini o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition” sud jarayonlari bo‘yicha 1960-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan dunyodagi eng katta xalqaro tanlovlardan biri bo‘lib, unda 100 ta mamlakatdan huquqshunoslik yo‘nalishidagi 700 ga yaqin ta’lim muassasasi ishtirok etadi.

——————————

TSUL Jessup второй раз подряд стал победителем национального раунда Jessup Moot Узбекистана

Команды Ташкентского государственного юридического университета, Университета мировой экономики и дипломатии, Международного Вестминстерского университета в Ташкенте приняли участие в национальных раундов международного конкурса, прошедшего в Алматы.

По окончательным результатам победителем региона была признана команда студентов Ташкентского государственного юридического университета, в составе которой Сарвархон Носирхонов, Жавохир Миралиев, Мухаммадали Рахмонов и Кумушхон Абдумуталимова. Теперь под руководством Себастьяна Лафранса и Ахрорхона Набираева наша команда от имени Узбекистана примет участие в финале Jessup Moot в Вашингтоне.

В национальных раундах команда TSUL Jessup стала победителем в номинации «Лучший меморандум», а участник команды Сарвархон Носирхонов был удостоен звания «Лучший спикер».

Также в рамках национальных раундов наша команда провела товарищеские соревнования с командами вузов Казахстана и Кыргызстана.

Для информации: Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition — один из крупнейших в мире конкурсов судебных процессов по международному праву с 1960 года, в котором принимают участие около 700 образовательных учреждений из 100 стран.

——————————

TSUL Jessup team has become the winner of the national round of the Jessup Moot in Uzbekistan for the second time

Teams from Tashkent State University of Law, University of World Economy and Diplomacy, and International Westminster University in Tashkent participated in the national rounds of the international competition held in Almaty.

According to the final results, the team of students from Tashkent State University of Law, consisting of Sarvarhon Nosirkhonov, Javokhir Miraliev, Muhammadali Rakhmonov, and Kumushkhon Abdumutalipova, was recognized as the winner of the national round. Now, under the guidance of Sebastian Lafrance and Akhorkhon Nabiyev, our team on behalf of Uzbekistan will participate in the final of the Jessup Moot in Washington.

In the national rounds, TSUL Jessup team became the winner in the "Best Memorandum" nomination, and the participant of the team, Sarvarhon Nosirkhonov, was awarded the title of "Best Speaker."

Moreover, within the framework of the national rounds, our team held friendly competitions with teams from universities in Kazakhstan and Kyrgyzstan.

For reference: The Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition is one of the largest moot court competitions in the world since 1960, involving about 700 educational institutions from 100 countries.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram