February 21, 2025

#hamkorlik #сотрудничество #cooperation

TDYU va Makkuori universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Avstraliyaning nufuzli Makkuori universiteti (Macquarie university) professori Entoni Kahalan hamda universitetning Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yevrosiyo davlatlari bo‘yicha direktori Mett Monkxaus Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b., yuridik fanlar doktori, professor, Dr. Islambek Rustambekov, Xalqaro hamkorlik va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektor, yuridik fanlar doktori Axtam Yakubov, shuningdek, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, Dr. Fitrat Umirov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

Xususan, ikki universitet o‘rtasida talabalar va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, turli sohalarda hamkorlik qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Ma’lumot uchun: Makkuori universiteti QS xalqaro reytingida 133-o‘rinni egallagan.

——————————

Обсуждены вопросы установления сотрудничества между ТГЮУ и Университетом Маккуори

Профессор Университета Маккуори (Австралия) Энтони Кахалан и директор по юго-восточной Азии и Евразии университета Мэтт Монкхаус посетили Ташкентский государственный юридический университет.

На встрече, организованной в связи с этим событием, приняли участие и.о. ректора Ташкентского государственного юридического университета, доктор юридических наук, профессор Исламбек Рустамбеков, проректор по международному сотрудничеству и непрерывному образованию, доктор юридических наук Ахтам Якубов, а также начальник Управления по международному сотрудничеству, доктор юридических наук Фитрат Умиров.

Во время встречи обсуждены вопросы установления взаимовыгодных партнерских отношений, в том числе программы обмена студентами и академиками, реализация совместных исследовательских проектов и возможности сотрудничества в различных областях.

Для справки: Университет Маккуори занимает 133-е место в международном рейтинге QS.

——————————

TSUL and Macquarie University have discussed the prospects for cooperation

Professor Anthony Cahalan from Macquarie University (Australia) and the university’s Director for Southeast Asia and Eurasia, Matt Monkhouse, visited Tashkent State University of Law.

The meeting, organized as part of the visit, was attended by Acting Rector of TSUL, Doctor of Law, Professor Islambek Rustambekov; Vice-Rector for International Cooperation and Further Education, Doctor of Law, Akhtam Yakubov; and Head of the International Cooperation Department, Doctor of Law, Fitrat Umirov.

During the meeting, the participants discussed the establishment of mutually beneficial partnerships, including student and exchange programs for professors, joint research projects, and cooperation in various fields.

For reference: Macquarie University ranked 133rd in the QS World University Rankings.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram