May 7

#tadbir #мероприятие #event


“Karyera kuni”da 23 ta ish beruvchi va 2 ming nafardan ziyod talaba ishtirok etdi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va bandligini taʼminlash maqsadida o‘tkazilgan yarmarkada 2 mingdan ziyod talaba va 23 ta potensial ish beruvchi tashkilotlar, davlat organlari va xususiy tashkilotlar o‘zlarida mavjud vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasida talabalar tashkilot ish beruvchilaridan o‘qishdan bo‘sh vaqtda haq evaziga ishlash, bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va kafolatlari haqida bevosita ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, nomzodlarga qo‘yilgan talablar, ishga qabul qilish tartibi, xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar haqida toʻliq ma’lumotlar olib, ish beruvchilardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

Talabalar shu yerning o‘zida o‘zlariga ma’qul keladigan bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlab, ma’lumotnomalarini topshirdi.

——————————

В проекте «День карьеры» приняли участие 23 работодателя и более 2000 студентов

В Ташкентском государственном юридическом университете прошла ярмарка вакансий «День карьеры».

В ярмарке, проводимой с целью повышения эффективности работы со студентами и обеспечения полноценной работы с ними и организации полезного досуга, приняли участие более 2000 студентов и потенциальные работодатели – 23 организации, государственные органы и частные организации с предложениями о вакансиях.

На ярмарке вакансий студенты имели возможность получить информацию от работодателей организации об оплачиваемой работе в свободное от учебы время, вакансиях, условиях и гарантиях труда.

Студенты, обучающиеся на уровне бакалавриата и магистратуры, ознакомились с вакансиями, получили полную информацию о требованиях к кандидатам, порядке приема на работу, условиях, созданных для сотрудников, социальных гарантиях, а также ответы на все интересующие их вопросы от работодателей.

Студенты определили подходящие вакансии и предоставили потенциальным работодателям свои резюме.

——————————

23 employers and more than 2,000 students took part in the “Career Day” project

A job fair “Career Day” was held at Tashkent State University of Law.

The fair, held with the aim of increasing the efficiency of work with students and ensuring meaningful work with them and organizing useful leisure time, was attended by more than 2,000 students and potential employers - 23 organizations, government agencies and private organizations with job offers.

At the job fair, students had the opportunity to receive information from the organization’s employers about paid work in their free time, vacancies, working conditions and guarantees.

Students got acquainted with vacancies, received full information about the requirements for candidates, the hiring procedure, conditions created for employees, social guarantees, as well as answers to all their questions from employers.

Students identified suitable vacancies and provided potential employers with their resumes.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram