#konferensiya #конференция #conference
TDYUda “Jinoyat protsessida inson huquqlari kafolatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakultetining Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi, professor, yuridik fanlar doktori G‘afur Abdumajidov xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan anjumanda O‘zbeksiton va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ustoz huquqshunosning oila a’zolari, hamkasblari, shogirdlari, doktorantlar va talabalar ishtirok etdi.
Anjuman avvalida professor Gʻafur Abdumajidovning hamkasblari, shogirdlari va oila aʼzolari so‘z olib, olimning serqirra mehnat faoliyati, xizmatlari, ilmiy maktabi, ilm-fanga qoʻshgan hissasi, umr yoʻli haqida soʻz yuritdi.
Konferensiyaning ikkinchi qismida Oʻzbekiston Respublikasi Yangi Konstitutsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan jinoyat protsessidagi oʻzgarishlar va islohotlar, tergov va sud organlari faoliyatida shaxs huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ayblanuvchi (gumon qilinuvchi, sudlanuvchi)ni himoyaga boʻlgan huquq bilan taʼminlash, jabrlanuvchiga huquqiy yordam koʻrsatishning oʻziga xos xususiyatlari, aybsizlik prezumpsiyasi, “Xabeas korpus” instituti, shaxs huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish sharoitida tergov faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Qiziqarli bahs-munozaralarga boy boʻlgan anjumanda ishtirokchilar kelgusida ham hamkorlikda ilm-fanga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk olimlar xotirasiga bagʻishlangan tadbirlarni tashkil etishga kelishib oldi.
В ТГЮУ состоялась международная научно-практическая конференция «Гарантии прав человека в уголовном процессе»
На конференции, организованной кафедрой уголовно-процессуального права факультета уголовного правосудия Ташкентского государственного юридического университета в память о деятеле науки Республики Узбекистан, профессоре, докторе юридических наук Гафуре Абдумажидове, приняли участие профессорско-преподавательский состав высших учебных заведений Узбекистана и Казахстана, члены семьи, коллеги преподавателя, ученики, докторанты и студенты.
В начале конференции выступили коллеги, ученики и члены семьи профессора Гафура Абдумажидова, которые рассказали о плодотворной трудовой деятельности, заслугах, научной школе, вкладе в науку, жизненном пути ученого.
Во второй части конференции обсуждались изменения и реформы в уголовном процессе в связи с принятием новой Конституции Республики Узбекистан, укрепление гарантий защиты прав и свобод личности в деятельности следственных и судебных органов, обеспечение обвиняемого (подозреваемого, подсудимого)правом на защиту, особенности оказания правовой помощи потерпевшему, презумпция невиновности, “Хабеас корпус” института, обсуждались вопросы совершенствования следственной деятельности в условиях усиления гарантий защиты прав и свобод личности.
На конференции, насыщенной интересными дискуссиями, участники договорились о дальнейшем сотрудничестве в организации мероприятий, посвященных памяти великих ученых, внесших неоценимый вклад в науку.
An international scientific and practical conference on "Human Rights Guarantees in Criminal Proceedings" was held at TSUL
The Department of Criminal Procedure Law at the Faculty of Criminal Justice of Tashkent State University of Law organized an international scientific and practical conference in memory of Professor Gafur Abdumajidov, a prominent scholar of the Republic of Uzbekistan, Doctor of Law. The event was attended by faculty members from universities in Uzbekistan and Kazakhstan, family members, colleagues, students, doctoral students, and undergraduates.
The conference began with speeches from Professor Gafur Abdumajidov's colleagues, students, and family members, who shared insights into his fruitful career, achievements, scientific contributions, and his legacy in the field of law.
The second part of the conference focused on discussions about changes and reforms in criminal proceedings following the adoption of the new Constitution of the Republic of Uzbekistan. Topics included strengthening guarantees for the protection of individual rights and freedoms in the activities of investigative and judicial bodies, ensuring the right to defense for the accused (suspects and defendants), providing legal assistance to victims, the presumption of innocence, the "Habeas Corpus" institution, and improving investigative practices in the context of enhanced guarantees for individual rights and freedoms.
The conference, enriched with engaging discussions, concluded with participants agreeing to continue collaborating on events dedicated to honoring the memory of great scholars who have made invaluable contributions to science.