September 10

#qabul #прием #admission

TDYU Yuridik klinikasiga aʼzolikka qabul boshlandi

Xabaringiz bor, har yangi o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi a’zoligiga qabul bo‘lib o‘tadi.

Yuridik klinikaga a’zo bo‘lgan talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, hayotiy kazuslar bilan ishlash, fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashish, mustaqil tarzda ariza, shikoyat, da’vo arizalar yozish hamda professional yurist uchun kerak bo‘lgan boshqa muhim ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, ular uchun malakali huquqshunoslar bilan fikr va tajriba almashish imkoniyati yaratiladi.

TDYU Yuridik klinikasiga 1-3 kurs talabalari qabul qilinadi. Talabalarning Yuridik klinikada amaliyot o‘tashga qiziqishi tobora ortib borayotgani sababli qabul maxsus topshiriqlarni o‘z ichiga olgan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlovdan o‘tgan talabalar bilan Yuridik klinika rahbari suhbat o‘tkazadi. Tanlov natijalari TDYU Yuridik klinikasining Telegramdagi rasmiy sahifalari ( https://t.me/TDYU_yuridik_klinikasi va https://t.me/tsul_yuridicheskaya_klinika) orqali e’lon qilinadi.

TDYU Yuridik klinikasiga a’zo bo‘lishni istagan talabalar 22-sentabrga qadar quyidagi linklar orqali so‘rovnomani to‘ldirishi kerak:
1-kurslar: https://forms.gle/Uirih9CSwuZixQqX9
2-kurslar: https://forms.gle/BZydzPodpQK4Q9Th8
3-kurslar: https://forms.gle/MyVHhxQwdwmoDZ8s6

Qo‘shimcha ma’lumot uchun https://t.me/yuridik_klinika_tdyu Telegram manziliga murojaat qiling.

——————————

Начался прием в Юридическую клинику ТГЮУ

Как вы знаете, каждый новый учебный год проводится прием в Юридическую клинику Ташкентского государственного юридического университета.

Студенты — члены Юридической клиники получают возможность работать с реальными делами, беседовать лицом к лицу с гражданами, самостоятельно писать заявления, жалобы, иски и приобретать другие важные навыки, необходимые профессиональному юристу.

Кроме того, у них появляется возможность обменяться идеями и опытом с квалифицированными юристами.

В Юридическую клинику принимаются студенты 1-3 курсов. По причине того, что интерес студентов к практике в Юридической клинике с каждым годом увеличивается, прием будет состоять из отборочного тура, включающего специальные задания. Прошедшие отбор будут приглашены на собеседование к руководителю Юридической клиники. Результаты будут опубликованы на телеграм-каналах клиники ( https://t.me/TDYU_yuridik_klinikasi и https://t.me/tsul_yuridicheskaya_klinika)
Желающие могут заполнить анкету до 22 сентября по следующим ссылкам:
для 1-х курсов: https://forms.gle/Uirih9CSwuZixQqX9
для 2-х курсов: https://forms.gle/BZydzPodpQK4Q9Th8
для 3-х курсов: https://forms.gle/MyVHhxQwdwmoDZ8s6

Для получения дополнительной информации обращайтесь по телеграм-адресу: https://t.me/yuridik_klinika_tdyu

——————————

Admissions to TSUL Legal Clinic have started

As you know, each new academic year, Tashkent State University of Law opens admissions to its Legal Clinic.

Students who are members of the Legal Clinic have the opportunity to work on real cases, engage in face-to-face consultations with citizens, draft legal statements, complaints, claims, and acquire other important skills essential for a professional lawyer.

In addition, they have the chance to exchange ideas and experience with qualified legal professionals.

The Legal Clinic accepts students from the 1st to 3rd years. Due to the growing interest in practical experience at the Legal Clinic, the selection process will include a qualifying round with special tasks. Those who pass tasks will be invited for an interview with the head of the Legal Clinic. The results will be published on the clinic’s Telegram channels (https://t.me/TDYU_yuridik_klinikasi and https://t.me/tsul_yuridicheskaya_klinika).
Students interested can fill out the application form by September 22 through the following links:
For 1st-year students: https://forms.gle/Uirih9CSwuZixQqX9
For 2nd-year students: https://forms.gle/BZydzPodpQK4Q9Th8
For 3rd-year students: https://forms.gle/MyVHhxQwdwmoDZ8s6

For further information, contact the Telegram address: https://t.me/yuridik_klinika_tdyu.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram