April 24, 2025

#dayjest #дайджест #digest

TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti

“Jinoyat sudlov ishlarini yuritishda axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor Dildora Bazarova, kafedra professori Dilbar Suyunova va kafedra professori Gulchehra Tulaganova ilmiy maktablari doirasida “Jinoyat sudlov ishlarini yuritishda axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, yu.f.d., professor Ahrorxon Hoshimxonov, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutining Uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i, yu.f.d., professor Lyudmila Yugay, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlarvazirligi akademiyasi Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi boshlig‘i, yu.f.d., professor Bekzod Rashidov, ilmiy maktab a’zolari, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida mutaxassislar tomonidan elektron dalillar, axborot xavfsizligi, suniy intellekt, jinoyat protsessida axborot texnologiyalardan foydalanish zarurati yuzasidan fikrlar almashildi.


“Huquqni amalga oshirish”

Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi mudiri, professor Maxmut Utemuratov tomonidan Ommaviy huquq fakulteti talabalariga “Davlat va huquq nazariyasi” moduli doirasidagi “Huquqni amalga oshirish” mavzusida O‘zbekiston fan arbobi, yuridik fanlar doktori, professor Xalimboy Boboyev ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.


Sarbinaz Rasbergenova xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ma’ruza bilan ishtirok etdi

Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi Sarbinaz Rasbergenova O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Maxsus huquqiy fanlar kafedrasi va Harbiy diplomatiya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan «Mintaqaviy xavfsizlik va suv resurslarini barqaror boshqarish: muammolar, yechimlar va hamkorlik imkoniyatlari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada «Трансграничные водные ресурсы Центральной Азии: международно-правовые механизмы совместного управления и разрешения споров» mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Konferensiya davomida ma’ruzachi Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv resurslarini boshqarishning huquqiy jihatlari, nizolarni hal etishdagi xalqaro-huquqiy mexanizmlar va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan takliflari bilan chiqish qildi. Ma’ruzada xalqaro tajriba va huquqiy asoslar bilan bog‘liq muhim tahlillar taqdim etildi.


Omonulla Muxamedjanov davra suhbatida ishtirok etdi

Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Omonulla Muxamedjanov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan “Tashqi siyosat sohasida erishilgan natijalar hamda O‘zbekiston tashabbuslari asosida BMT Bosh Assambleyasida qabul qilingan 11 ta rezolyutsiyaning ahamiyati” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi.

Tadbir davomida ma’ruzachi qabul qilingan rezolyutsiyalarning xalqaro huquqiy ahamiyati, ularni jamoatchilikka yetkazishdagi ilmiy va amaliy yondashuvlar, hamda yoshlarning bu jarayondagi o‘rni borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.


Jinoyat-protsessual huquqi fanidan namunaviy sud tashkil etildi

Toshkent shahar Yuridik texnikumida Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori D.Suyunova, professor v.b. M.Kadirova, dotsent v.b. S.Uralov ishtirokida “Jinoyat-protsessual huquqi” fanidan namunaviy sud tashkil etildi.

Imitatsiya qilingan sud jarayonida talabalar jinoyat protsessi ishtirokchilari sifatida faol ishtirok etib, birinchi instansiya sudida jinoiy ish yuritish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo‘ldi.


“Yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi nizolar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Iqtisodiy va korporativ nizolarni hal etish” moduli bo‘yicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining rais o‘rinbosari Muhiddin Sultonov ishtirokida “Yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi nizolar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda TDYU Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti magistratura yo‘nalishining “Advokatlik faoliyati” va “Biznes huquqi” guruhi magistrantlari ishtirok etdi.


“Mehnat qonunchiligi va ayollarning mehnat huquqlari” mavzusida ilmiy-amaliy trening bo‘lib o‘tdi

Treningda Toshkent davlat yuridik universiteti “Mehnat huquqi” kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi Xurshida Burxanxodjaeva ishtirok etdi.

Xurshida Vaxdatovna o‘z nutqida amaldagi qonunchilikdagi dolzarb jihatlarni tahlil qilib, real hayotiy misollar orqali mavzuni yoritdi. Shuningdek, klub a’zolariga mehnat huquqlarini chuqur o‘rganish, ijtimoiy faol bo‘lish va jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish borasida muhim tavsiyalar berdi.

Bundan tashqari, u “Olima qizlar klubi” faoliyatiga oid bir qator foydali takliflar bilan chiqdi hamda bilimli, faol qizlarning jamiyatdagi o‘rnini yuksak baholadi.

Shuningdek ushbu uchrashuv davomida mehnat qonunchiligi va ayollarning huquqlari haqida dolzarb fikrlar bildirildi, “Olima qizlar klubi” faoliyatini takomillashtirishga doir qimmatli takliflar berildi, qizlarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan motivatsion suhbatlar olib borildi.


Amaliy mashg‘ulot darsini Mariya Kulikova olib bordi

Sankt-Peterburg davlat universiteti Davlat va huquq nazariyasi va tarixi kafedrasining katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar nomzodi Mariya Kulikova TDYU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasiga tashrif buyurdi hamda kasbiy mahorat yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

Tashrif davomida M.S.Kulikova “Ommaviy huquq” fakulteti “Davlat boshqaruvi” talabalari uchun “Делопроизводство на государственном языке/Академическое письмо” modulidan amaliy mashg‘ulot darsini olib bordi.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram