February 28

#yangilik #новость #news

Otabek Narziyev “Global Clinical Legal Education” kitobining hammuallifi bo‘ldi

Dunyoga mashhur “Routledge Taylor & Francis Group” nashriyoti tomonidan “Global Clinical Legal Education” kitobi chop etildi. Mazkur kitobda 50 dan ortiq mamlakatning klinik yuridik ta’lim borasidagi o‘ziga xos tajribalari haqida ma’lumot berilgan.

Quvonarlisi, kitobdan O‘zbekistonning klinik yuridik ta’limdagi tajribasi haqidagi ma’lumotlar ham joy olgan va bu tajriba Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi misolida yoritilgan.

Kitobning “The Distinctive Nature of Uzbekistan Clinical Legal Education” deb nomlangan 11-bobi TDYU yuridik klinikasi rahbari, yuridik fanlar doktori, professor Otabek Narziyev tomonidan yozilgan. Unda O‘zbekiston, xususan, TDYUning klinik yuridik ta’lim borasidagi 25 yillik tajribasi, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilingan.

Ushbu bob “Central Asian Legal Research Fellowship” ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida Avtraliyaning Monash universiteti professori Jeff Giddings bilan hamkorlik natijasida tayyorlangan bo‘lib, unda “Ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolariga ko‘maklashuvchi yuridik klinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish” grant loyihasi asosida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari ham o‘z aksini topgan.

——————————

Отабек Нарзиев – соавтор книги «Global Clinical Legal Education»

Знаменитое издательство «Routledge Taylor & Francis Group» выпустило книгу «Global Clinical Legal Education». В этой книге представлены уникальные практики клинического юридического образования более чем 50 стран.

Что особенно приятно, в книге содержится информация о практике клинического юридического образования Узбекистана, которая представлена на примере Юридической клиники Ташкентского государственного юридического университета.

11-я глава книги под названием “The Distinctive Nature of Uzbekistan Clinical Legal Education” была написана руководителем Юридической клиники ТГЮУ, доктором юридических наук, профессором Отабеком Нарзиевым. В этой главе рассматривается 25-летний опыт Узбекистана, в частности, ТГЮУ, в области клинического юридического образования, достигнутые успехи и планы на будущее.

Эта глава была подготовлена в рамках научно-исследовательской программы “Central Asian Legal Research Fellowship” при сотрудничестве с профессором Университета Монаша в Австралии Джеффом Гиддингсом. В главе также представлены результаты исследования, проведенного в рамках грантового проекта «Ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolariga ko‘maklashuvchi yuridik klinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish».

——————————

Otabek Narziev – Co-author of the book "Global Clinical Legal Education"

The renowned publishing house Routledge Taylor & Francis Group has released the book Global Clinical Legal Education. This book presents unique practices of clinical legal education from more than 50 countries.

What is particularly noteworthy is that the book includes information about Uzbekistan’s clinical legal education practices, illustrated through the example of the Legal Clinic at Tashkent State University of Law.

Chapter 11 of the book, titled "The distinctive nature of Uzbekistan Clinical Legal Education," was written by the head of the TSUL Legal Clinic, Doctor of Law, Professor Otabek Narziev. This chapter explores Uzbekistan’s 25-year experience in clinical legal education, particularly at TSUL, highlighting its achievements and future plans.

This chapter was prepared as part of the Central Asian Legal Research Fellowship research program in collaboration with Professor Jeff Giddings from Monash University in Australia. The chapter also presents findings from research conducted under the grant project "Ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolariga ko‘maklashuvchi yuridik klinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish" (Establishing the Legal Clinic to Assist Youth at Social Risk).


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram