September 30, 2024

 #konferensiya #конференция #conference

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusida konferensiya o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi va Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga aloqador davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar, nogironlar jamoat birlashmalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularga birlamchi va chuqur bepul yuridik yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida ushbu sohani rivojlantirish, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirilib, kelgusidagi qilinishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yakunda bir vaqtning o‘zida “SHAROIT PLYUS” loyihasida ham ishlayotgan Yuridik klinikaning faol xodimlari va 16 nafar ko‘ngillilari taqdirlandi.

——————————

Проведена конференция на тему «Проблемы в сфере повышения правовой грамотности лиц с инвалидностью и оказания им бесплатной юридической помощи, а также пути их решения»

В мероприятии, организованном Юридической клиникой Ташкентского государственного юридического университета совместно с общественным объединением инвалидов города Ташкент «ШАРОИТ ПЛЮС», приняли участие представители государственных органов, международных организаций, общественных объединений инвалидов и СМИ, связанных с защитой прав лиц с инвалидностью

В ходе конференции подробно обсуждены вопросы повышения правовой грамотности лиц с инвалидностью и оказания им бесплатной первичной и глубокой юридической помощи.

В рамках мероприятия озвучены предложения по развитию данной сферы, усилению социального партнерства между государственными органами, международными организациями и гражданским обществом, определены дальнейшие планы.

В завершение награждены активные сотрудники и 16 волонтеров Юридической клиники, которые одновременно работают в проекте «ШАРОИТ ПЛЮС».

——————————

A conference on the topic "Issues and solutions in raising the legal awareness of persons with disabilities and providing them with free legal assistance" was held

The event, organized by the Legal Clinic of Tashkent State University of Law in collaboration with Tashkent city "SHAROIT PLYUS" Association of Persons with Disabilities, was attended by representatives from state, non-governmental, and international organizations, as well as public associations of persons with disabilities and media representatives.

During the conference, issues related to raising the legal awareness of persons with disabilities and providing them with primary and in-depth free legal assistance were discussed.

Proposals were made within the framework of the event to further develop this field and strengthen social partnerships between government agencies, international organizations, and civil society, with necessary measures for future actions outlined.

In conclusion, the active employees and 16 volunteers of the Legal Clinic, who are also working on the "SHAROIT PLYUS" project, were honored.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram