August 6, 2022

#yangilik #новости #news


Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga qabul boshlandi

Xabaringiz bor, respublikamizda 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan bo‘lib, ularda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

– davlat huquqiy faoliyat;
– yuridik xizmat;
– sud-huquqiy faoliyat.

Yuridik texnikumlarga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.

O‘qishga kirish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish 20-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish DTM tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Chet el fuqarolari yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.

Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi.

——————————

Начался прием в юридические техникумы Министерства юстиции

Как вы знаете, в нашей республике создано 14 юридических техникумов, которые готовят кадры по следующим специальностям:

– государственно-правовая деятельность;
– юридическая служба;
– судебно-правовая деятельность.

В юридические техникумы могут поступать лица, окончившие общеобразовательные (11 класс) или средние специальные, профессиональные образовательные учреждения.

Документы для поступления принимаются онлайн через Единый портал интерактивных государственных услуг (my.gov.uz) или официальный сайт Государственного центра тестирования (my.dtm.uz).

Прием документов продолжится до 20 августа (включительно).

Прием граждан Узбекистана в юридические техникумы осуществляется на основе экзаменов, проводимых Государственным центром тестирования.

Иностранные граждане принимаются по результатам собеседования, организованного юридическими техникумами.

Абитуриенты принимаются на обучение на основе государственного заказа по контракту, в частности, дифференцированному контракту.

Продолжительность обучения – 2 года.

——————————

Admission to law colleges of the Ministry of Justice has begun

As you know, there are 14 law colleges in our Republic, which train personnel in the following specialties:

- State Law;
- Legal service;
- judicial activity.

Applicants who have graduated from general educational (11th grade) or secondary special, professional educational institutions can apply for enrollment in law colleges.

Documents for admission are accepted online via a single portal of interactive public services (my.gov.uz) or the official website of the State Test Center (my.dtm.uz).

Applications will be accepted until August 20 (inclusive).

The admission of the citizens of Uzbekistan to Law colleges is based on the exams conducted by State Test Center.

Foreign nationals are accepted based on an interview organized by Law colleges.

Applicants are accepted for training based on state order under contract, in particular, differentiated contract.

The duration of training is 2 years.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram