May 30, 2022

Toshkent davlat yuridik universiteti “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sergeli tumanidagi maktablarda amalga oshirilgan ishlar DAYJESTI

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Sergeli tumanidagi maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun davra suhbati o‘tkazildi.

“Men insonman, hayotda o‘rnimni topishim kerak” mavzusidagi davra suhbatida TDYU “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi mudiri G.A.Nosirxodjayeva, professor-o‘qituvchilar H.I.Azimov, R.O‘.Qo‘chqorov, A.Z.Karimov, M.S.Yunusova, D.O.Tadjibayeva, X.N.Oblomuradova, R.P.Mamatqulov, D.R.Abdulov hamda Sergeli tumanidagi 322-, 349-, 350-maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Davra suhbatida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayoni, kvotalari, hujjat topshirish tartibi va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, bitiruvchi qizlar Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan batafsil tanishtirildi.


Kafedra professor-o‘qituvchilari R.Mamatkulov, K.Ibragimov, D.Jumaniyozova, D.Ibraximova Sergeli tumanidagi 322-maktabga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida professor-o‘qituvchilar tomonidan “Finlyandiya ta’limining samaradorligi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.


Toshkent shahar Sergeli tumani 350-maktabga tashrif amalga oshirildi

Tashrif chogʻida "Umumta’lim fanlar va madaniyat" kafedrasi professori v.b. Akramjon Karimov maktabdagi mavjud holat bilan tanishdi.

Maktab rahbariyati va o'qituvchilar bilan kelgusida qilinadigan ishlar toʻgʻrisida kelishib olindi.


Magistratura va sirtqi taʼlim fakulteti Umumtaʼlim fanlar va madaniyat kafedrasi professor-oʻqituvchilari Sergeli tumani 349-maktabga tashrif buyurdi.

Umumtaʼlim fanlar va madaniyat kafedrasi professor-oʻqituvchilari Dilnavoz Tadjibayeva, Minovvarxon Yunusova, Xabiba Oblamurodova va Damir Abdulov tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida darslarni tashkillashtirishda o'quv maqsadlarining to'g'ri qo'yilishi va pedagogik texnologiyalarning ahamiyati yoritib berildi. Jahon pedagogikasida keng qo'llanib kelinayotgan Blum taksonomiyasidan foydalanish imkoniyatlari ko'rsatib berildi. Shuningdek, Sinkveyn metodining ijobiy ahamiyatiga to'xtalib o'tildi. Mahorat darsi interfaol metodda olib borildi.


Sergeli tumani 349-maktab 11-sinf o'quvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Magistratura va sirtqi taʼlim fakulteti Umumtaʼlim fanlar va madaniyat kafedrasi dotsenti Minovvarxon Yunusova tomonidan "Huquqiy masalalarni algoritmi va elektron jadvaldagi natijalari" mavzusida o'tkazilgan mashg'ulotda algoritmning xossalari va turlari yoritib berildi. Huquqiy masalalarni algoritmini tuzish va elektron jadvalda natijalar olish bo'yicha amaliy ma'lumotlar berildi.


Umumta'lim fanlar va madaniyat kafedrasi professor-o'qituvchilari Sergeli tumani 349-maktab oʻqituvchilarining dars jarayoni tahlilini amalga oshirishdi.

Dars tahlilida oʻqituvchi tomonidan qo'yilgan maqsadga erishilganligi, darsning qiziqarli olib borilgani, o'quvchilarning faol ishtiroki e'tirof etildi. Shuningdek, dars jarayonida Blum taksonomiyasining yuqori bosqichlari - sintez va baholashdan ham foydalanish bo'yicha tavsiyalar berildi.