June 15

#yangilik #новость #news

Shoxzodjon Otamurodov — “Ilhom” mukofoti respublika tanlovi g‘olibi

Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2024-yilgi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tantanali tadbirda so‘z olganlar Adiblar xiyobonining oliy ta’lim muassasalariga biriktirilishi yaxshi samara berganini, oliy ta’lim muassasalari doimiy ravishda xiyobonda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etayotganini, “Ilhom” mukofoti talaba-yoshlarning ilmiy izlanishlarini munosib rag‘batlantirish uchun ayni muddao bo‘lganini, mazkur mukofot g‘olib va sovrindorlarga yanada mas’uliyat yuklashini, ular ilmiy ishlanishda davom etib, yuksak marralarni zabt etishi kerakligini qayd etishdi.

Shundan so‘ng tanlovning g‘olib va sovrindorlari e’lon qilindi.

Respublika tanlovida Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich talabasi Shoxzodjon Otamurodov 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Damas” avtomobili bilan taqdirlandi.
2-o‘rin Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti Ruxsora Imomovaga, 3-o‘rin esa Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-bosqich talabasi Dildora Yorbulovaga nasib etdi. Ular mos ravishda 30 million so‘m va 15 million so‘m bilan taqdirlandi.

Shuningdek, qator ishtirokchilar “Ilhom” mukofotining rag’batlantiruvchi mukofotlari bilan taqdirlandi:

— Sarvinoz Axmedova — Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi;
— “Ogahiyshunoslar” ijodiy jamoasi — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
— Behruz Qo‘zibaev — Toshkent davlat transport universiteti talabasi;
— Axmadjon Muxtorjonov — Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi;
— Yahyo Kamolov — Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti;
— Gullola To‘ymurodova — Toshkent davlat pedagogika universitet talabasi.

——————————

Шохзоджон Отамуродов - победитель республиканского конкурса премии "Ильхом"

На Аллее литераторов состоялась церемония награждения победителей и призеров республиканского конкурса "Ильхом" 2024 года.

На торжественном мероприятии подчеркнули положительное влияние прикрепления Аллеи литераторов к высшим учебным заведениям. Отмечено, что вузы регулярно проводят на Аллее литераторов духовно-просветительские мероприятия. Так же было отмечено, что премия "Ильхом" является достойным стимулом для научных исследований среди молодежи.

После этого были объявлены победители и призеры конкурса.

Студент 4-го курса Ташкентского государственного юридического университета Шохзоджон Отамуродов занял 1-е место на республиканском конкурсе и был награжден автомобилем "Дамас". 2-е место заняла докторант Бухарского государственного университета Рухсора Имомова. 3-е место досталось Дилдоре Йорбуловой, студентке 4-го курса Чирчикского государственного педагогического университета. Они так же были награждены почетными призами в виде 30 млн. сумов и 15 млн. сумов.

Так же ряд участников были награждены поощрительными призами премии "Ильхом":

- Сарвиноз Ахмедова - студентка Каракалпакского государственного университета;
- Творческая команда Ogahiyshunoslar"- Ташкентский государственный университет востоковедения;
- Бехруз Козибаев - студент Ташкентского государственного транспортного университета;
- Ахмаджон Мухторжонов - студент Наманганского инженерно-строительного института;
- Яхья Камолов - курсант Академии МВД;
- Гуллола Тоймуродова - студентка Ташкентского государственного педагогического университета.

——————————

Shokhzodjon Otamurodov is the winner of the republican contest of the prize "Ilkhom"

An awarding ceremony for the winners and runners-up of "Ilkhom" Republican Contest was held at the Alley of Writers.

The ceremony emphasized the positive impact of joining the Alley of Writers with higher educational institutions. It was noted that universities regularly hold spiritual-educational events in the Alley of Writers. It was also noted that the "Ilkhom" prize is a worthy incentive for scientific research among young people.

After that, the winners and runners-up were announced.

Shokhzodjon Otamurodov, a 4th year student of Tashkent State University of Law, took the 1st place in the national contest and was awarded an automobile "Damas". Rukhsora Imomova, a doctoral student at Bukhara State University, took 2nd place. The 3rd place went to Dildora Yorbulova, a 4th year student of Chirchik State Pedagogical University. They were also awarded honorable prizes of 30 million UZS and 15 million UZS respectively.

A number of participants were also awarded with incentive prizes of "Ilkhom" award:

- Sarvinoz Akhmedova- student of Karakalpak State University;
- Creative team "Ogahiyshunoslar"- Tashkent State University of Oriental Studies;
- Behruz Kozibaev - student of Tashkent State Transport University;
- Akhmadjon Mukhtorjonov- student at the Namangan Construction Engineering Institute;
- Yakhya Kamolov- a cadet at the Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan;
- Gullola Toimurodova- student at Tashkent State Pedagogical University.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram