#tadbir #мероприятие #event
“Islohotlarga daxldorman”: poytaxtimiz yoshlarining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot loyihasi boshlandi
2024-yil mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi asosida huquq-tartibot organlariga 2024-yilda
4 million nafar yoshlarni otaliqqa olib, ular bilan manzilli ishlash tizimini tashkil qilish vazifalari berildi.
Topshiriq doirasida adliya organlari va muassasalariga Respublika bo‘yicha 4-sektor hududidagi 500 000 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, hozirda ushbu yoshlar bilan manzilli ishlash, har bir yoshning dardu-fikrini bilish, ijtimoiy faolliklarini oshirish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini ularga yetkazish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Toshkent shahar Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Islohotlarga daxldorman!” targ‘ibot aksiyasi ham shu kabi tadbirlarning biridir.
Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad keng qamrovli islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish, aholi, ayniqsa yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida islohotlarni yoshlarga samarali yetib borishini ta’minlash, fuqarolarimizning huquqiy bilimlarini oshirishdir.
Ayni paytda loyiha doirasidagi tadbirlar poytaxtimizning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda. Talabalar tomonidan tashkil etilayotgan turli viktorinalar, tanlovlar va huquqiy savodxonlari darslari tengdoshlarining huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qilmoqda.
Targ‘ibot aksiyasi 10-fevralga qadar davom etadi.
«Ислоҳотларга дахлдорман»: стартовал пропагандистский проект, направленный на повышение правовой грамотности молодежи столицы
В связи с объявлением 2024 года в нашей стране Годом поддержки молодежи и бизнеса по инициативе Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиеева перед правоохранительными органами в 2024 году
поставлены задачи по организации системы адресной работы с 4 миллионами молодых людей.
В рамках поручения к органам и учреждениям юстиции по республике прикреплены 500 000 молодых людей из 4-го сектора, в настоящее время реализуется ряд мер по адресной работе с этой молодежью, повышению ее социальной активности, доведению до нее сути проводимых в стране реформ.
Одно из таких мероприятий – пропагандистская акция «Ислоҳотларга дахлдорман!», реализуемая Ташкентским государственным юридическим университетом совместно с управлением юстиции города Ташкента.
Основной целью проекта, реализуемого Министерством юстиции совместно с Ташкентским государственным юридическим университетом является донесение до молодежи сути осуществляемых в нашей стране широкомасштабных реформ, дальнейшее повышение правовых знаний населения, особенно молодежи, обеспечение эффективного доведения сути реформ до молодежи на основе принципа «сверстник-сверстнику».
В настоящее время мероприятия в рамках проекта проводятся во всех районах столицы. Различные викторины, конкурсы и уроки правовой грамотности, организуемые студентами, служат для повышения юридических знаний их сверстников.
Акция продлится до 10 февраля.
“Islohotlarga daxldorman”: a project has been launched aimed at increasing the legal literacy of the youth in Tashkent
In connection with the announcement of 2024 in our country as the Year of Support for Youth and Business on the initiative of Shavkat Mirziyoyev, the President of the Republic of Uzbekistan, before law enforcement agencies in 2024, tasks have been set to organize a system of targeted work with 4 million young people.
As part of the order, 500,000 young people from the 4th sector have been assigned to the justice authorities and institutions in the republic; some measures are currently being implemented to target these youth, increase their social activity, and convey to them the essence of the reforms being carried out in the country.
One of these events is the propaganda campaign “Islohotlarga daxldorman!”, implemented by Tashkent State University of Law together with the Department of Justice of the city of Tashkent.
The main goal of the project implemented by the Ministry of Justice together with Tashkent State University of Law is to convey to young people the essence of the large-scale reforms being carried out in our country, to further increase the legal knowledge of the population, especially young people, to ensure effective communication of the essence of reforms to young people based on the “peer-to-peer” principle.
Currently, activities within the project are being carried out in all districts of Tashkent. Various quizzes, competitions and legal literacy classes organized by students serve to enhance the legal knowledge of their peers.
The project will last until February 10.