May 30, 2022

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sergeli tumanidagi maktablarda amalga oshirilgan ishlar DAYJESTI

Kafedra mudiri D.Bazarova va kafedra o‘qituvchisi S.Uralov Sergeli tumanidagi 266-maktabga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida maktab direktori Dilfuza Abdurazakova bilan belgilangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, maktab o‘quvchilarining kafedra tomonidan tashkil etilayotgan to‘garaklarda ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘qituvchilar bilan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida tajriba almashilib, bitiruvchi o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari xususida ma’lumot berildi.


Kafedra tomonidan Sergeli tumanidagi 266-maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun “TDYUga tashrif” loyihasi amalga oshirildi.

Tashrif davomida o‘quvchilar universitetdagi mavjud imkoniyat va sharoitlar, turli ilmiy, madaniy-ma’rifiy va sport to‘garaklar, sport zal, Axborot-resurs markazi, dekanatlar faoliyati bilan yaqindan tashinib, “TSUL Art” talabalar teatr studiyasi tomonidan tayyorlanayotgan “Arshin mololon” spektaklini tomosha qildi.

Shuningdek, “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi va 266-maktab o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” imzolanib, hamkorlikda seminar-treninglarni tashkil etish va ularda o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlashga kelishib olindi.


Kafedra tomonidan Sergeli tumanidagi 266-maktabda “Talant SHOU” loyihasi o‘tkazildi.

Loyihada maktabning iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdi.


Kafedra tomonidan Sergeli tumanidagi 266-maktabda bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha suhbati tashkil etildi.