February 21, 2024

#tanlov #конкурс #сontest


Toshkent shahar prokurori stipendiyasi tanlovining 1-bosqichi boshlandi

Xabaringiz bor, Toshkent shahar prokurori stipendiyasi uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlanib, tashkilotchilar tomonidan belgilangan mezonlar asosida saralashdan so‘ng test bosqichida ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi.

Stipendiya uchun tanlovning test bosqichi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida quyidagi vaqtlarda o‘tkazilmoqda:
— 2-smenada o‘qiydigan talabalar uchun 11:00 dan 13:00 gacha;
— 1-smenada o‘qiydigan talabalar uchun 14:00 dan 17:00 gacha.

Test bosqichida quyidagi modullardan 30 ta savol, ularni yechish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi:

1-kurslar uchun: davlar va huquq nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq, xorijiy til;
2-kurslar uchun: jinoyat huquqi, ma’muriy huquq, xorijiy til;
3-kurslar uchun: JPK, FPK, xorijiy til. (Jami 30 ta. 15 daqiqa vaqt)
4-kurslar uchun: yuqorida ko‘rsatilgan barcha modular va xorijiy til.

22-fevral appelatsiya kuni hisoblanadi.
23-fevralda har bir kurs kesimida eng yuqori natija ko‘rsatgan 10 nafar talaba taqdimot namoyish etish shartida ishtirok etadi.

Test bosqichi quyidagi manzilda o‘tkazilmoqda: https://maps.app.goo.gl/QUa8Z9QM5ryoWtZT6

——————————

Стартовал 1-й этап конкурса на получение стипендии прокурора города Ташкента

Как вы знаете, регистрация на стипендию прокурора города Ташкента завершена, а после отбора на основе критериев, установленных организаторами, сформирован список кандидатов, участвующих в этапе тестирования.

Этап тестирования конкурса на получение стипендии проводится в Университете узбекского языка и литературы имени Алишера Навои в следующие сроки:
— для студентов, обучающихся во 2-ю смену с 11:00 до 13:00;
— с 14:00 до 17:00 для студентов, обучающихся в 1-ю смену.

На этапе тестирования будет задано 30 вопросов из следующих модулей:

Для 1-х курсов: теория времени и права, конституционное право, иностранный язык;
Для 2-х курсов: уголовное право, административное право, иностранный язык;
Для 3-х курсов: уголовно-процессуальный кодекс, гражданско-процессуальный кодекс, иностранный язык;
На 4-м курсе: все упомянутые выше модули и иностранный язык.
На решение вопросов отведено 15 минут.

22 февраля – день апелляции.
23 февраля в этапе презентации примут участие 10 студентов, показавших самые высокие результаты в разрезе курсов.

Этап тестирования проводится по следующему адресу: https://maps.app.goo.gl/QUa8Z9QM5ryoWtZT6

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram