#konferensiya #конференция #conference
“Raqamlashtirish sharoitida ijtimoiy-mehnat munosabatlarining transformatsiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
Yuridik fanlar nomzodi, dotsent, ustoz va murabbiy Yo‘ldosh Tursunov xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman an’anaviy va onlayn ravishda o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arboblari, yuridik fanlar doktorlari, professorlar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, amaliyotchi huquqshunoslar, chet ellik mutaxassislar, tadqiqotchilar, o‘qituvchi va talabalar, Yo‘ldosh Tursunovning oila a’zolari ishtirok etdi.
Xalqaro anjumanda ijtimoiy-mehnat sohasida so‘nggi yillarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida milliy va xorijiy olimlar, shuningdek, amaliyotchi mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotga o‘tish mehnat munosabatlariga ham o‘zining ta’sirini o‘tkazdi. Xususan, mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishda Yagona milliy mehnat tizimining ishga tushirilishi, elektron hujjatlar almashish orqali mehnat munosabatlarini o‘rnatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va internetdan foydalanib masofadan turib ishlashning joriy qilinishi, xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlash va ularning muhofaza qilinishida raqamlashtirishning o‘rnini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Shu bilan birga, mehnat munosabatlariga raqamlashtirish va axborot texnologiyalarning joriy qilinishi bilan bog‘liq qator nazariy va amaliy muammolar ham mavjudligini ta’kidlash o‘rinlidir. Jumladan, onlayn platformalarda (“Yandex”, “Uklon”, “Uzum market”) ishlovchi shaxslarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat shartnomasining elektron shaklini joriy qilish, ishga qabul qilish va boshqa mehnat jarayonlarida aqlli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish talab etilmoqda.
Konferensiyada milliy va xorijiy olimlarning mehnat huquqini rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglanib, mehnat qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun: Yo‘ldosh Tursunov Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan bo‘lib, Toshkent yuridik texnikumi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat yuridik instituti, Bank-moliya akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent yuridik kolleji va boshqa ta’lim muassasalarida faoliyat yuritgan. Ustoz Yo‘ldosh Tursunovning “Mehnat huquqi”, “Ijtimoiy ta’minot huquqi”, “Bank huquqi”, “Moliya huquqi”, “Sug‘urta huquqi”, “Soliq huquqi” kabi darsliklari nashr etilgan.
Yo‘ldosh Tursunov beg‘ubor qalb egasi, kamtarin, mas’uliyatli, o‘ziga juda talabchan, hozirjavob, mehnatkash olim edi. U ustoz sifatida o‘z shogirdlariga mehribon, samimiy do‘st va yaqin maslahatchi bo‘lgan. Ustozning huquq fanlari rivojiga qo‘shgan hissasi, ilmiy-ijodiy va mehnat faoliyati mamlakatimizda yosh huquqshunoslar uchun ibrat maktabi bo‘lib kelmoqda.
Проведена международная научно-практическая конференция на тему «Трансформация социально-трудовых отношений в условиях цифровизации»
Международная научно-практическая конференция, посвященная памяти кандидата юридических наук, доцента, преподавателя и наставника Юлдоша Турсунова, прошла в онлайн и офлайн-формате. В ней приняли участие видные ученые, доктора юридических наук, профессора, сотрудники правоохранительных органов, практикующие юристы, зарубежные специалисты, исследователи, преподаватели и студенты, члены семьи Юлдоша Турсунова.
На международной конференции обсуждены мнения отечественных и зарубежных ученых, а также практиков об изменениях, происходящих в социально-трудовой сфере в последние годы.
Отмечалось, что переход к цифровой экономике в нашей стране также оказал влияние на трудовые отношения. В частности, цифровизация сыграла важную роль в оформлении трудовых отношений, внедрении Единой национальной системы труда, установлении трудовых отношений посредством обмена электронными документами, внедрении удаленной работы с использованием информационно-коммуникационных технологий и сети Интернет, обработки персональных данных работников и их защите.
В то же время подчеркивалось, что существует ряд теоретических и практических проблем, связанных с внедрением цифровизации и информационных технологий в трудовые отношения. В частности, требуется защита трудовых прав лиц, работающих на онлайн-платформах (“Yandex”, “Uklon”, “Uzum market”), внедрение электронной формы трудового договора, разработка механизмов использования умных технологий и искусственного интеллекта при приеме на работу и других трудовых процессах.
На конференции были заслушаны лекции отечественных и зарубежных ученых по актуальным вопросам развития трудового законодательства, а также разработаны рекомендации и предложения по совершенствованию трудового законодательства.
Для справки: Юлдош Турсунов окончил юридический факультет Ташкентского государственного университета с отличием, работал в Ташкентском юридическом техникуме, Ташкентском государственном экономическом университете, Ташкентском государственном юридическом институте, Банковско-финансовой академии, Центре повышения квалификации юристов, Ташкентском юридическом колледже и других образовательных учреждениях. Изданы учебники Юлдоша Турсунова «Трудовое право», «Право социального обеспечения», «Банковское право», «Финансовое право», «Страховое право», «Налоговое право».
Юлдош Турсунов был человеком с большим сердцем, скромным, ответственным, требовательным и трудолюбивым ученым. Как педагог он был добрым, искренним другом и близким советчиком своим ученикам. Вклад преподавателя в развитие юридической науки, научно-творческую и трудовую деятельность является образцом для молодых юристов нашей страны.
An international scientific and practical conference on the topic "Transformation of Social-Labor Relations in the Conditions of Digitalization" has been held
The international scientific and practical conference dedicated to the memory of Yuldosh Tursunov, a candidate of legal sciences, associate professor, teacher, and mentor, took place in both online and offline formats. It was attended by prominent scientists, doctors of legal sciences, professors, law enforcement officers, practicing lawyers, foreign specialists, researchers, teachers, and students, as well as members of Yuldosh Tursunov's family.
The conference discussed the opinions of domestic and foreign scientists, as well as practitioners, on the changes occurring in the social-labor sphere in recent years.
It was noted that the transition to a digital economy in our country has also influenced labor relations. In particular, digitalization has played an important role in shaping labor relations, introducing the Unified National Labor System, establishing labor relations through the exchange of electronic documents, implementing remote work using information and communication technologies and the Internet, processing employees' personal data, and protecting it.
At the same time, it was emphasized that there are some theoretical and practical problems associated with the implementation of digitalization and information technologies in labor relations. In particular, there is a need to protect the labor rights of individuals working on online platforms (such as "Yandex," "Uklon," "Uzum market"), introduce electronic forms of employment contracts, develop mechanisms for using smart technologies and artificial intelligence in hiring and other labor processes.
Lectures by domestic and foreign scientists on current issues in the development of labor legislation were heard at the conference, and recommendations and proposals for improving labor legislation were developed.
For reference: Yuldosh Tursunov graduated from the Faculty of Law of Tashkent State University with honors, worked at Tashkent Law College, Tashkent State University of Economics, Tashkent State Institute of Law, Banking and Finance Academy, Center for Legal Practitioners' Qualification Enhancement, Tashkent Law College, and other educational institutions. Yuldosh Tursunov's textbooks "Labor Law," "Social Security Law," "Banking Law," "Financial Law," "Insurance Law," and "Tax Law" have been published.
Yuldosh Tursunov was a scientist with a big heart, responsible, demanding, and hardworking scientist. As a teacher, he was a kind, sincere friend, and a close adviser to his students. The contribution of a teacher to the development of legal science, scientific and creative activity, and labor is an example for young lawyers in our country.