#trening #тренинг #training
TDYU professor-o‘qituvchilari uchun “Huquqshunoslarni o‘qitishning nemis metodikasi asoslari: tajriba va xususiyatlari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchilari O.Muxamedjanov va U.Sherxanova tashabbusi bilan “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi ishtirokchilari — Vismar Amaliy fanlar universiteti qoshidagi Sharq instituti (GFR) mutaxassislari TDYU professor-o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.
Mashg‘ulotda iqtisodiy huquq professori, Vismar universitetining “Legal Tech” noyob taʼlim dasturi asoschisi Andreas Shtayninger o‘zining bakalavriat bosqichi uchun mo‘ljallangan mazkur dasturi haqida to‘xtalib, uning maqsadi huquqiy muammolarning yechimiga xizmat qilish ekanini taʼkidladi.
Xususan, u shartnomalar tuzish, tijorat kompaniyalari auditini o‘tkazish va smart shartnomalarni ishlab chiquvchi dasturlarni yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishini qayd etdi.
Iqtisodiy huquq professori, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada huquqiy islohotlar bo‘yicha maslahatchi Xans Ioxim Shramm o‘z ma’ruzasida Germaniyada yuridik kadrlar tayyorlash asosan amaliyotga yo‘naltirilganiga, ushbu tajribaning qoidalari va tartib-taomillariga alohida eʼtibor qaratdi.
Germaniya va MDH mamlakatlarida ommaviy huquq bo‘yicha mutaxassis, Vismar universiteti ilmiy xodimi Dimitri Oleynik esa o‘z nutqida yuridik kasbiy amaliyotni o‘tashga asoslangan ishlar, ularni hal etish usullari, intensiv o‘qitish masalalari xususida so‘z yuritdi.
Seminar-treningda TDYU professor-o‘qituvchilari mavzular doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Для преподавателей ТГЮУ организован семинар-тренинг на тему «Основы немецкой методики обучения юристов: опыт и особенности»
По инициативе преподавателей кафедры международного права и прав человека Ташкентского государственного юридического университета О.Мухамеджанова и У.Шерхановой участники Международного юридического форума «Tashkent Law Spring» – специалисты Восточного института при Университете прикладных наук города Висмара (ФРГ) провели семинар-тренинг для преподавателей ТГЮУ.
На занятии профессор экономического права, основатель уникальной образовательной программы «Legal Tech» Университета Висмара Андреас Штайнингер рассказал о программе, предназначенной для бакалавриата, отметив, что ее цель — способствовать решению правовых проблем.
В частности, он отметил, что программа формирует навыки составления договоров, проведения аудита коммерческих компаний, разработки программ, разрабатывающих смарт-контракты.
Профессор экономического права, научный руководитель, консультант по правовым реформам в Центральной Азии и Восточной Европе в рамках проектов правовой помощи Ханс Йоахим Шрамм уделил особое внимание методам подготовки юридических кадров, правилам и обычаям, основанных на немецком опыте и ориентированных на практику.
Научный сотрудник Восточного института при Университете Висмара, специализирующийся на публичном праве ФРГ Димитри Олейник сделал акцент на вопросах интенсивного обучения технике решения казусов, которая базируется на подготовке юридической профессиональной практики.
В ходе семинара-тренинга преподаватели ТГЮУ получили ответы на интересующие их вопросы в рамках тем.
A seminar-training on the topic "Fundamentals of German methodology of teaching lawyers: experience and features" was organized for the professors of TSUL
At the initiative of O. Mukhamedzhanov and U. Sherkhanova, the professors of the Department of International Law and Human Rights of TSUL, specialists from the Eastern Institute at the University of Applied Sciences of Wismar (Germany), participants of the International Legal Forum "Tashkent Law Spring", conducted a seminar-training for the professors of TSUL.
During the session, Andreas Steininger, Professor of Economic Law and founder of the unique educational program "Legal Tech" at the University of Wismar, spoke about the program designed for undergraduate studies, noting that its goal is to help solve legal problems.
In particular, he noted that the program develops skills in drafting contracts, conducting audits of commercial companies, and developing programs that create smart contracts.
Professor of Economic Law, scientific supervisor, and consultant on legal reforms in Central Asia and Eastern Europe within the framework of legal assistance projects, Hans Joachim Schramm, paid special attention to methods of training legal personnel, rules, and customs based on German experience and practice-oriented approaches.
Dimitri Oleinik, a researcher at the Eastern Institute at the University of Wismar, specializing in public law in Germany, emphasized the issues of intensive training in the technique of solving case studies, which is based on the preparation of legal professional practice.
During the seminar-training, the professors of TSUL received answers to their questions within the framework of the topics.