March 12, 2025

#elon #объявление #announcement

“Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universiteti TDYUning 2-4 kurs talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qiladi

Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 70 foizdan kam bo‘lmasligi va rus tilini bilishi talab etiladi.

Xorijiy oliy ta’lim muassasasida akademik mobillik dasturi bo‘yicha tahsil olishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 20-aprelga qadar fakultet dekanatlariga taqdim etishi lozim:

– akademik transkript nusxasi;
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– sertifikatlar (ixtiyoriy);
– bog‘lanish uchun ma’lumotlar.

Semestr muddati: 2025-yil 1-sentabrdan 30-dekabrgacha.

Yo‘naltiruvchi sessiya va yotoqxonaga joylashtirish 2025-yil 25-avgustdan boshlanadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- ingliz tili darajasi (ingliz tilida o‘qitilganda) kamida B2 (Upper-intermediate) bo‘lishi;
- rus tili darajasi (rus tilida o‘qitilganda) kamida C1 (Advanced) bo‘lishi lozim.

Talabalarga “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universiteti yotoqxonalaridan birida joy ajratiladi.

2-3 kishilik xonalarda yashash imkoniyati mavjud. Narxi — oyiga 3000 rublgacha.

Loyiha 2025/2026-o‘quv yilining 1-semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.

2025/2026-yilgi ma’lumotlar ro‘yxati va boshqa foydali axborotlarni https://studyabroad.hse.ru/incoming/start saytidan topishingiz mumkin.

——————————

Национальный исследовательский университет «Высшая школа экономики» объявляет программу академической мобильности для студентов 2–4 курсов ТГЮУ

Для участия в программе кандидаты должны иметь средний балл по GPA не ниже 70%, также требуется знание русского языка.

Студенты, желающие учиться по программе академической мобильности в зарубежном университете, должны предоставить в деканаты факультетов до 20 апреля следующие документы:

– копию академического транскрипта;
– копию листка с личными данными паспорта для выезда за границу;
– сертификаты (по желанию);
– контактные данные.

Даты семестра – с 1 сентября по 30 декабря 2025 года.

Ориентационная сессия и заселение в общежитие – с 25 августа 2025 года.

Требования к кандидатам:

– уровень английского языка (в случае обучения на английском языке) не ниже B2 (Upper-intermediate);
– уровень русского языка (в случае обучения на русском языке) не ниже C1 (Advanced).

Студентам предоставляется место в одном из общежитий НИУ ВШЭ.

Проживание в 2-3-местных комнатах. Стоимость – до 3000 рублей/месяц.

Проект позволяет обучаться в втором семестре 2024-2025 учебного года в зарубежном университете-партнере без оплаты контракта. Вместе с тем, все другие расходы (транспорт, виза, страхование, общежитие и расходы на проживание) покрываются студентом.

Факт-лист 2025/26 и другую полезную информацию можно найти на сайте https://studyabroad.hse.ru/incoming/start.

——————————

National Research University Higher School of Economics announces an academic mobility program for 2nd-4th year students of TSUL

To participate in the program, candidates must have an average GPA of at least 70%, and knowledge of the Russian language is also required.

Students wishing to study under the academic mobility program at a foreign university must submit the following documents to their faculty dean's office by April 20:

– A copy of their academic transcript;
– A copy of the passport page containing personal data for international travel;
– Certificates (optional);
– Contact details.

Semester dates: September 1 – December 30, 2025.

Orientation session and dormitory move-in: From August 25, 2025.

Candidate requirements:

– English proficiency level (if studying in English) must be at least B2 (Upper-intermediate);
– Russian proficiency level (if studying in Russian) must be at least C1 (Advanced).

Students will be provided with accommodation in one of the HSE dormitories.

Living conditions: 2-3 person rooms. Cost: up to 3,000 RUB/month.

This program allows students to study at a partner university abroad during the second semester of the 2024-2025 academic year without paying tuition fees. However, all other expenses (transportation, visa, insurance, accommodation, and living expenses) must be covered by the student.

The 2025/26 fact sheet and other useful information can be found on the website: https://studyabroad.hse.ru/incoming/start.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram