#qabul #прием #admission
“Toshkent shahar prokurori stipendiyasi” uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi!
Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun Toshkent shahar prokurori stipendiyasi joriy etilgan edi. Stipendiya uchun oʻtkaziladigan tanlovda TDYUning bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan barcha kurslardagi talabalari ishtirok etishi va har bir kurs doirasida bir nafardan talaba stipendiant boʻlishi mumkin.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talabalar:
— 2–4-kurs talabalari uchun umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi oldingi oʻquv yili oxirgi semestri davomida 80 va undan ortiq foizni tashkil etishi (oʻrganilayotgan davrda nomzod fanlardan akademik qarzdor boʻlmasligi) lozim. Ushbu mezon 1-kurs talabalari uchun tatbiq etilmaydi;
— nomzodlarning oʻzlari tahsil olayotgan taʼlim muassasalarida belgilangan ichki-tartib qoidalari hamda Odob-axloq kodeksida belgilangan qoidalarga rioya qilishi va namunali xulq-atvorga ega boʻlishi kerak (bunda oʻqish davrida nomzodga nisbatan taʼlim muassasasi rahbarining tegishli buyrugʻi bilan intizomiy chora qoʻllanilmagan boʻlishi kerak).
Davlat stipendiyalari, Prezident granti hamda universitet faoliyati bilan bogʻliq tarzda eʼlon qilingan stipendiyalar (“Adliya vazirligi”, “Jadid tafakkuri”, “Gʻafur Gʻulom”, “Xadicha Sulaymonova” “Toshkent davlat yuridik universiteti”) hamda grantlar (“Adliya vazirligi”, “Toshkent davlat yuridik universiteti”)ni qoʻlga kiritgan talabalar hamda minimal talablarni bajarmagan nomzodlar stipendiya uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Tanlovni oʻtkazish bosqichlari:
1-bosqich. Test sinovi. Bunda test savollari talaba tahsil olayotgan kurs doirasida oʻtilayotgan modullar va xorijiy tillar yuzasidan tuziladi. Har bir kurs uchun alohida-alohida bazalar shakllantiriladi.
2-bosqich. Taqdimot bosqichi. Bunda test sinovida kurslar kesimida eng yuqori ball olgan 10 nafar nomzod belgilangan mezonlar asosida huquqiy mavzudagi, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni qamrab olgan taqdimot tayyorlashlari zarur.
3-bosqich. Ogʻzaki savol va javob bosqichi. Bunda 2-bosqichda kurslar kesimida eng yuqori natija olgan 3 nafar nomzod komissiya ishtirokchilari tomonidan ogʻzaki savol-javob qilish orqali yakuniy gʻolib aniqlanadi.
Stipendiyani yutgan talabalarga 2023-2024-oʻquv yili mart-iyun oylari davomida bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 3 barobari miqdorida stipendiya hamda Toshkent shahar prokurori tomonidan xizmatga qabul qilish uchun zaxiraga olish tavsiyanomasi beriladi.
Shuningdek, tanlovning oxirgi bosqichiga ishtirok etgan talaba-qizlar stipendiant bo‘lmagan taqdirda ham ular Toshkent shahar prokurorining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Stipendiya uchun tanlovda ishtirok etishni istaganlar 9-fevral 12:00 ga qadar quyidagi link orqali roʻyxatdan oʻtishi kerak: https://forms.gle/SdN7pskMnXZAYWZx9
Roʻyxatdan oʻtmagan talabgorlar stipendiya uchun tanlovda ishtirok eta olmaydi!
Началась регистрация для участия в конкурсе на получение Стипендии прокурора города Ташкента
Как вы знаете, для студентов Ташкентского государственного юридического университета учреждена стипендия прокурора города Ташкента. В конкурсе на получение стипендии могут принять участие все студенты бакалавриата ТГЮУ, а стипендиатом может стать один студент с каждого курса.
– для студентов 2-4 курсов общий показатель успеваемости должен составлять 80 процентов и более в течение последнего семестра предыдущего учебного года (кандидат не должен иметь академической задолженности по предметам в течение периода обучения). Этот критерий не распространяется на студентов 1-го курса;
– кандидаты должны соблюдать правила и нормы внутреннего распорядка образовательного учреждения, в которых они обучаются, а также правила, определенные Этическим кодексом, иметь примерное поведение (при этом в период обучения кандидат не должен были привлечен к дисциплинарной ответственности соответствующим приказом руководителя образовательного учреждения).
Не могут участвовать в конкурсе на получение стипендии обладатели государственных стипендий, гранта Президента, а также стипендий, объявленные в связи с деятельностью университета («Министерство юстиции», «Жадид тафаккури», «Гафур Гулям», «Хадича Сулайманова», «Ташкентский государственный юридический университет») и грантов («Министерство юстиции» «, «Ташкентский государственный юридический университет»), а также кандидаты, не соответствующие минимальным требованиям.
Этап 1. Тестовые испытания. Тестовые вопросы будут подготовлены на основе модулей и иностранных языков, которые студент изучает на курсе. Для каждого курса формируются отдельные базы.
Этап 2. Этап презентации. 10 кандидатов, набравших наибольшее количество баллов на тестовых испытаниях, должны подготовить презентацию на правовую тему, в том числе предложения по совершенствованию законодательства, исходя из установленных критериев.
Этап 3. Этап устных вопросов и ответов. Победитель будет определен путем сессии вопросов и ответов 3-х кандидатов, имеющих наивысшие результаты по итогам 2-го этапа.
Стипендиаты в период с марта по июнь 2023-2024 учебного года будут получать стипендию в размере 3-х БРВ и рекомендательное письмо от прокурора города Ташкента для приема на работу.
Также студенты, принявшие участие в последнем этапе конкурса, будут награждены ценными подарками от прокурора города Ташкента, даже если они не стали победителями конкурса.
Желающим принять участие в конкурсе на получение стипендии необходимо зарегистрироваться до 9 февраля 12:00 по следующей ссылке: https://forms.gle/SdN7pskMnXZAYWZx9
Незарегистрированные кандидаты не могут участвовать в конкурсе на получение стипендии!
Registration has started for participation in the competition for the Scholarship "Prosecutor of Tashkent"
As you know, a scholarship for "Prosecutor Tashkent" has been established for students of Tashkent State University of Law. All TSUL undergraduate students can take part in the competition for a scholarship, and one student from each year can become a scholarship recipient.
– for 2-4 year students, the overall academic performance must be 80 percent or more during the last semester of the previous academic year (the candidate must not have academic debt in subjects during the period of study). This criterion does not apply to 1st year students;
– candidates must comply with the rules and regulations of the educational institution in which they are studying, as well as the rules defined by the Code of Ethics, and have exemplary behavior (at the same time, during the period of study, the candidate should not have been brought to disciplinary liability by the relevant order of the head of the educational institution).
Holders of state scholarships, Presidential grants, as well as scholarships announced in connection with the activities of the university (Ministry of Justice, Jadid Tafakkuri, Gafur Gulyam, Khadicha Sulaymanova, Tashkent State University of Law) cannot participate in the competition for scholarships.
Stage 1. Test trials. Test questions will be prepared based on the modules and foreign languages that the student studies in the course. Separate databases are created for each course.
Stage 2. Presentation stage. The 10 candidates who score the most points in the test must prepare a presentation on a legal topic, including proposals for improving legislation, based on established criteria.
Stage 3. Stage of oral questions and answers. The winner will be determined through a question and answer session of the 3 candidates with the highest results at the end of the 2nd stage.
Scholarship holders in the period from March to June 2023-2024 academic year will receive a scholarship in the amount of 3 BC and a letter of recommendation from the prosecutor of Tashkent for employment.
Also, students who took part in the last stage of the competition will be awarded valuable gifts from the prosecutor of the city of Tashkent, even if they did not win the competition.
Those wishing to take part in the scholarship competition must register before February 9, 12:00 using the following link: https://forms.gle/SdN7pskMnXZAYWZx9
Unregistered candidates cannot participate in the scholarship competition!