September 9

#yangilik #новость #news

CALR Fellowship loyihasining 4-mavsumiga 17 nafar xorijlik olim tanlab olindi

Xabaringiz bor, 2022-yilning iyul oyidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetida “Central Asian Legal Research Fellowship” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan.

Universitet tadqiqotchilari va xorijdagi nufuzli universitetlar olimlari oʻrtasida ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, birgalikda ilmiy tadqiqotlarni olib borish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan loyihaning 4-mavsumida AQSH, Buyuk Britaniya, Malayziya, Janubiy Afrika, Ukraina, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Qozog‘iston va Avstraliya kabi mamlakatlardan nomzodlar unga a’zo bo‘lish uchun hujjat topshirdi.

Nomzodlar orasida Janubiy Texas huquq kolleji (AQSH), St. Meri universiteti (AQSH), Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Lester huquq maktabi (Buyuk Britaniya), Malayziya Utara universiteti (Malayziya), Nelson Mandela universiteti (Janubiy Afrika), Symbiosis huquq maktabi (Hindiston), Ryukoku universiteti (Yaponiya), Monash universiteti (Avstraliya) kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borgan olimlarning borligi mazkur loyihaning ahamiyati naqadar yuqori ekanini yana bir bor isbotladi.

Nomzodlar bilan oʻtkazilgan suhbat natijasida ularning 17 nafari loyihada ishtirok etish uchun tanlab olindi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur loyiha ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda “Scopus”, “Web of Science” kabi bazalarda indekslangan nufuzli ilmiy jurnallarda chop etish uchun qoʻshma ilmiy tadqiqot amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda esa xorijlik olimlar Oʻzbekistonga tashrif buyurib, qator ilmiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etadi.

——————————

17 иностранных ученых отобраны для участия в 4-м сезоне проекта CALR Fellowship

Как вы знаете, в июле 2022 года в Ташкентском государственном юридическом университете стартовал проект «Central Asian Legal Research Fellowship».

В 4-м сезоне проекта, который запущен с целью дальнейшего укрепления научного сотрудничества между исследователями университета и учеными престижных университетов за рубежом, проведения совместных научных исследований подали заявки на членство кандидаты из таких стран, как США, Великобритания, Малайзия, ЮАР, Украина, Япония, Китай, Индия, Индонезия, Казахстан и Австралия.

Среди кандидатов ученые из Юридического колледжа Южного Техаса (США), Университета Святой Марии (США), Университета Бирмингема (Великобритания), Школы права Лестера (Великобритания), Университета Утара Малайзия (Малайзия), Университета Нельсона Манделы (Южная Африка), Юридической школы Симбиоза (Индия), Университета Рюкоку (Япония), Университета Монаша (Австралия). Этот факт еще раз подтверждает важность проекта.

По итогам собеседования с кандидатами для участия в проекте были отобраны 17 из них.

Напоминаем, что данный проект состоит из двух этапов. На первом этапе проводятся совместные научные исследования для публикации в престижных научных журналах, индексируемых в таких базах данных, как «Scopus», «Web of Science».
На втором этапе зарубежные ученые посетят Узбекистан и примут участие в ряде научных и культурных мероприятий.

——————————

17 foreign scholars have been selected for participation in the 4th season of the CALR Fellowship Project

As you know, the "Central Asian Legal Research Fellowship" project was launched at Tashkent State University of Law in July 2022.

In the 4th season of the project, which aims to further strengthen scientific cooperation between university researchers and scholars from prestigious universities abroad through joint scientific research, candidates from countries such as the USA, UK, Malaysia, South Africa, Ukraine, Japan, China, India, Indonesia, Kazakhstan, and Australia applied for membership.

Among the candidates are scholars from the South Texas College of Law (USA), St. Mary's University (USA), the University of Birmingham (UK), Leicester Law School (UK), Universiti Utara Malaysia (Malaysia), Nelson Mandela University (South Africa), Symbiosis Law School (India), Ryukoku University (Japan), and Monash University (Australia). This fact once again underscores the importance of the project.

Following interviews with the candidates, 17 of them have been selected to participate in the project.

We remind you that this project consists of two stages. In the first stage, joint scientific research is conducted for publication in prestigious scientific journals indexed in databases such as "Scopus" and "Web of Science." In the second stage, foreign scholars will visit Uzbekistan and participate in a series of scientific and cultural events.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram