December 20, 2021

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti

TDYU “Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabalari uchun “Mehnat huquqi” moduli doirasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnat huquq inspektori Nargiza Asadova tomonidan “Mehnat nizolari” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.

TDYU “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o`qituvchisi Muhammad Ali Turdialiyev tashabbusi bilan “Xalqaro xususiy-huquqiy munosabatlarda kelib chiqadigan nizolarni hal etishda O`zbekiston Respublikasi milliy sud tizimlarining o`rni” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotni Toshkent shahar iqtisodiy sudi apparati hodimi Xasan Abdullayev olib bordi.

Mahorat darsida Xalqaro xususiy huquqda kelib chiqishi mumkin bo`lgan iqtisodiy nizolarni hal qilishning muqobil usullari haqida ma’lumot berildi.


TDYU “Intellektual mulk huquqi” kafedrasi dotsenti v.b. Iroda Yakubova Adliya vazirligi yuridik texnikumlari uchun “Elektron toʼlovlar va uning huquqiy muhofazasi” mavzusida tashkil etilgan seminar-treningda ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Mavzu doirasida elektron pullarning tushunchasi, uning Oʼzbekistonga kirib kelishi va rivojlanish masalalari, shuningdek, elektron pullarning muhofazasi, elektron toʼlov tizimlari, kriptovalyuta va blokcheyn tushunchalarining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumot berildi.


TDYU “Xorijiy tillar” hamda Toshkent viloyati yuridik texnikumi “Umumta'lim fanlar” kafedralari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik doirasida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

“How to describe a picture, crime scene investigation” mavzusidagi darsni “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri Oybek Toshmatov va xalqaro professor-o'qituvchi Samuel Robertson olib bordi.


“Biznes huquqi” kafedrasi tomonidan Ufa davlat neft va texnika universiteti bilan xamkorlikda “Raqamlashtirish va Covid-19 davrida turizm biznesi” mavzusida oʻquv seminar oʻtkazildi.

TDYU “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o`qituvchisi Muhammad Ali Turdialiyev tashabbusi bilan “Artificial intelligent: How to friendship with Robots” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotni Xitoy fanlar akademiyasi ilmiy xodimi Dr.Ammar Younas olib bordi.

Mahorat darsida kiber huquq va sun’iy intellektning bugungi kundagi rivojlanish bosqichlari, xususan, Yevropa va MDH davlatlarida qay darajad sun`iy intellektdan qo`llanilishi haqida ma’lumot berildi.

TDYU qoshidagi akademik litseyda “O‘zbekiston Respublikasida konstitutsiyaviy islohotlar va inson huquqlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.

Anjumanda TDYU “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Firuza, “Biznes huquqi” kafedrasi dotsenti v.v.b, yu.f.f.d. Robiya Toshboyeva, “Biznes huquqi” kafedrasi dotsenti v.v.b, yu.f.f.d., Yosh olimlar kengash raisi Liliya Achilova ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, akademik litseyning iqtidorli va faol o’quvchilari tomonidan taqdim etilgan taklif va innovatsion g’oyalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi.


“Biznes huquqi” kafedrasi professor-o'qituvchilari B.Umarov, S.Ahrorova, A.Qalandarov tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida “Iqtisodiy nizolarni ko’rib chiqishning oʻziga xos jihatlari” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

Anjumanda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisi S.Soliyev va Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi rais o'rinbosari I.Xamrayev hamda TDYU talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda hozirda sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiy sudlar tomonidan ko’rilayotgan nizolarning o’ziga xos jihatlari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda sudyalar tomonidan talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlagan holda, amaliyotda qo'llash bo'yicha foydali tavsiyalar berildi.

Davra suhbatidan so'ng talabalar bankrotlik ishlari bo'yicha sud protsessida qatnashib, o'zlari uchun muhim huquqiy va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish yuzasidan bilimlarga ega bo’ldi.


TDYU “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o`qituvchisi Muhammad Ali Turdialiyev tashabbusi bilan “Ingliz huquqida oila munosabatlarini tartibga solishining qiyosiy-huquqiy asoslari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik huquqiy fanlar” kafedrasi profesori, yuridik fanlari doktori Nilufar Rahmonqulova olib bordi.

Mahorat darsida turli xil huquq tizimlarida oila qonunchiligiga oid normalarga, xususan, ingliz huquqi va milliy huquqi tizimidagi oilaviy munosabtalrni huquqiy tartibga solishning o`zaro va farqli jihatlariga alohida to'xtalib o'tildi.


TDYU “Biznes huquq” kafedrasi TDYUda “Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini himoya qilish kafolatlari va tizimi” mavzusida mahorat darsi o'tkazildi.

Mashg‘ulotda O'zbekiston Respublikasi IIV Transport xavfsizligini ta'minlash Bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi katta tergovchisi, polkovnik llsiya Baykabilova va katta tergovchi, podpolkovnik Sherzod Shodmanov ishtirok etdi.

Mahorat darsi davomida O'zbekiston Respublikasi IIV Transportida xavfsizlikni ta'minlash Bosh boshqarmasi faoliyatining asosiy yo'nalishlari, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi ustuvor vazifalar va maqsadlar, uning shakllanish tarixi va bugungi kunda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

Darsda talabalar O'zbekiston Respublikasi IIV organlarida amaliyot o'tash, ishga joylashtirish va boshqa masalalar yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


TDYU katta o'qituvchi Damir Abdulov Parijdagi Organisation for Economic Co-operation and Development konferensiyasida “Меры по повышению финансовой грамотности в ответ на распространение цифровых финансовых продуктов и услуг в СНГ” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi va xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.

“Biznes huquqi” kafedrasi dotsenti Liliya Achilova va TDYU 3-bosqich talabalari Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo’yicha Mirzo Ulug’bek tumanlararo sudida davra suhbatida ishtirok etdi.

"Xo’jalik shartnomalari va ularning amaliy jihatlari" mavzusidagi bo‘lib o’tgan anjumanda Fuqorilik sudi sudyasi Z. Nuralieva tomonidan talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llash bo'yicha tavsiyalar berildi.

Davra suhbatidan so'ng talabalar Fuqarolik ishlari bo'yicha sud protsessida qatnashdi.