June 13, 2022

TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti

Inson huquqlari bo’yicha O‘zbeksiton Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston Respublikasida xalqaro himoyaga muhtoj bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarni vaqtinchalik tartibga solish va yo‘naltirish tizimi amaliyoti va joriy etish masalalarini muhokamasi” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi o'qituvchisi, PhD B.Xudaybergenov va kafedra o'qituvchisi S.Alishayev ishtirok etdi.


"Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Nasiba Niyazova tomonidan Toshkent davlat stomatologiya instituti “Stomatologiya” fakulteti talabalari uchun "Usmon Nosir xayeti va ijodi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey o‘rtasidagi hamkorlik doirasida TDYU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti N.Niyozova va litsey “O‘zbek tili” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Akramova 1-bosqich o‘quvchilari uchun yozuvchilar ijodini o‘rganish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazdi.

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish yuzasidan takliflar muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbatida TDYU professori, yuridik fanlar doktori Shuhrat Fayziyev ma’ruza qildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti "Jinoyat-protsessual huquqi" kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Gulchexra Tulaganova va kafedra oʻqituvchisi, PhD Baxram Xudaybergenov "O'zbekiston" teleradiokanalida jonli efirda "Oʻzbekistonda advokatura faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari" mavzusi muhokamasida ishtirok etdi.

Mavzu doirasida davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan "Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori mazmuni keng ochib berildi.