November 28, 2023

#tadbir #мероприятие #event


“Targ‘ibot poyezdi” loyihasi ishtirokchilari hududlarga jo‘nab ketmoqda

Xabaringiz bor, 28-noyabrda Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan “Targ‘ibot poyezdi” loyihasiga start beriladi.

Bugundan loyiha ishtirokchilari targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish maqsadida hududlarga jo‘nab ketishni boshladi.

Ma’lumot uchun, loyiha tashkilotchilari tomonidan unda ishtirok etuvchi volontyor-talabalarni saralab olish bo‘yicha berilgan e’londan so‘ng 598 nafar talaba “Targ‘ibot poyezdi”da qatnashish istagini bildirib ro‘yxatdan o‘tgan va talabalarning 126 nafari suhbat asosida saralab olingan.

——————————

Пропагандисты проекта «Поезд пропаганды» отправляются в регионы

Как вы знаете, 28 ноября Министерством юстиции совместно с Ташкентским государственным юридическим университетом стартует проект «Поезд пропаганды», направленный на широкую пропаганду содержания Конституции Республики Узбекистан среди населения, особенно молодежи и повышение конституционно-правовых знаний наших граждан.

С сегодняшнего дня участники проекта начали ездить в регионы для организации пропагандистских мероприятий.

Для информации, после объявления организаторами проекта отбора студентов-волонтеров. Для участия в проекте «Поезд пропаганды» зарегистрировались 598 студентов и 126 из них отобраны для участия в проекте на основе собеседования.

——————————

Propagandists of the “Propaganda Train” project are sent to the regions

As you know, on November 28, the Ministry of Justice, together with Tashkent State University of Law, is launching the “Propaganda Train” project, aimed at widely promoting the content of the Constitution of the Republic of Uzbekistan among the population, especially young people, and increasing the constitutional and legal knowledge of our citizens.

Starting today, project participants began traveling to the regions to organize propaganda events.

For information, after the organizers of the project announce the selection of student volunteers. 598 students registered to participate in the "Propaganda Train" project and 126 of them were selected to participate in the project based on an interview.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram