May 26, 2022

TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti (2-qism)

Toshkent davlat yuridik universitetida Researchgate va Google Scholar platformalaridagi profillar bilan ishlash bo‘yicha onlayn seminar tashkil etildi.

“Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mashg‘ulotda ilmiy platformalar va ularning hozirgi kundagi ahamiyati, Researchgate ilmiy-ijtimoiy tarmog‘idagi ko‘rsatkichlar (RG) hamda Google Scholar profili va Xirshe indeksini oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.


Toshkent davlat yuridik universitetida “Huquqiy konsultatsiyalar va muzokaralarni muvafaqqiyatli olib borish usullari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

“Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi o‘qituvchisi D.Ibraximova tomonidan “Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya” moduli doirasida “Xususiy huquq” fakulteti 1-bosqich A potok 1 guruh talabalari tashkil etilgan mashg‘ulotni xalqaro toifadagi advokat Muzrabxon Akilov olib bordi.

Mashg‘ulotda mutaxassis tomonidan advokatlik faoliyatida huquqiy konsultatsiyalar va muzokaralarni muvafaqqiyatli olib borish usullari haqida ma’lumot berildi.


Toshkent davlat yuridik universitetida “Soft skills и способы их развития”, “Насколько важно первое впечатление” mavzularida mahorat darsi tashkil etildi.

“Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti v.b. Firuza Husainova tomonidan “Xususiy huquq” fakulteti 1-bosqich A potok 1-guruh (rus) talabalari uchun “Правовые навыки и методология” moduli doirasidagi mashg‘ulotni 3-bosqich talabalari Umid Abdullayev va Maftuna Elmurodova olib bordi.


Toshkent davlat yuridik universitetida “Jinoyatlarning klssifikatsiyasi muammolari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

“Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi tomonidan “Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi” magistrantlari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotga Rossiya davlat Adliya universiteti (Sankt-Peterburg) aspiranti, Jinoyat ishlari bo‘yicha Oktyabrskiy tuman sudining sudyasi yordamchisi (Sankt-Peterburg) Aleksandr Avazov ekspert sifatida taklif etildi.

Mashg‘ulotda mutaxassis tomonidan jinoyatlarning klassifikatsiyasi va bu boradagi muammolar xususida ma’lumot berildi.

Dars davomida magistrantlar huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Agentlik rahbariyati va Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi professori v.b. A.Karimov tashabbusi bilan talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, strategik masalalarni hal etish va axborot-tahliliy faoliyatda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan Uchrashuv davomida “Yuridik muzokaralarni muvaffaqiyatli olib borish usullari. O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasini huquqiy tartibga solish” mavzusida sayyor mahorat darsi o‘tkazildi.

Sayyor dars davomida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori o‘rinbosarlari V.Pak va D.Maqsudov tomonidan agentlik faoliyati, kripto-industriyani rivojlantirish holati, shuningdek, yuridik masalalarni idora va milliy darajada hal etish uchun muvaffaqiyatli muzokaralar olib borishga hamda strategik axborot-tahlil vazifalarni hal etishga oid foydali ma’lumotlar berildi.


Toshkent davlat yuridik universitetida “Communication and Leadership (“Muloqot va liderlik”) mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

“Xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti v.b. M.Shamsitdinova tomonidan ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan onlayn mashg‘ulotni AQSHning Pitsburg davlat universiteti professori Judy Smetanova olib bordi.

Onlayn darsda mutaxassis tomonidan muloqot va yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish usullari va sohadagi eng yaxshi tajribalar xususida foydali ma’lumotlar berildi.


“Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabalari va Sergeli tumanidagi 284-maktab o‘quvchilari ishtirokida “O‘quvchilarni oliy ta’limga yo‘naltirish masalalari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi tomonidan TDYU 3-TTJda “Shaxs takomilida milliy madaniyat va ma’naviyatning o‘rni" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

TDYU Yuridik klinikasi talabalari jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar firibgralik, bosqinchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish va boshqa masalalardagi sud jarayonlarida ishtirok etdi.

Tadbir yakunida talabalarga sudyalar tomonidan sud jarayonlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.