January 14, 2025

#tadbir #мероприятие #event

TDYUda “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi

“14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” bayrami hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda universitetimiz professor-o‘qituvchilari hamda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida faoliyat yuritib kelayotgan qator xodimlar ishtirok etdi

Tadbir davomida universitet iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, bayram tadbiri munosabati bilan mamlakatimiz xavfsizligi hamda mudofaa salohiyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘zining munosib hissasini qo‘shgani uchun universitetimiz va mudofaa tizimidagi qator ofitserlar esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

__________________

В ТГЮУ организовано мероприятие под девизом «Новая армия Узбекистана — опора страны, гордость нашего народа!»

В мероприятии, посвященном 14 января – Дню защитников Родины и 33-й годовщине образования Вооруженных Сил Узбекистана, приняли участие преподаватели университета, а также ряд сотрудников, которые работают в системе Вооруженных Сил нашей страны.

Концертная программа, подготовленная талантливыми студентами университета, подарила гостям праздничное мероприятие.

Кроме того, в честь праздника, за вклад в укрепление безопасности страны, повышение обороноспособности и воспитание молодежи в духе патриотизма, офицеры университета и системы обороны награждены памятными подарками и благодарственными письмами.

__________________


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram