February 26, 2024

#yangilik #новости #news


TDYUda “Tashkent Vis Pre-Moot” o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi tashabbusi bilan universitet rektori v.v.b. Islombek Rustambekov boshchiligida tashkil etilgan “Tashkent Vis Pre-Moot — 2024”da mamlakatimizning yetakchi advokatlik firmalari mutaxassislari tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti talabalarining asosiy tanlovlarga tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi.

Jamoalar professional hakamlar oldida og‘zaki tinglovda berilgan keyslarning har bir tomonini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Uchta universitet o‘rtasidagi tinglovlar bir vaqtning o‘zida uchta auditoriyada ikki soat davomida o‘tkazildi.

Kelgusida TDYU tomonidan qo‘shni mamlakatlar va xorijdan jamoalarni taklif qilish orqali bunday yillik tanlovlarni mintaqaviy darajaga kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun: “Tashkent Vis Pre-Moot” Vis Moot xalqaro tanlovining Gonkong va Venada bo‘lib o‘tadigan asosiy bosqichiga tayyorgarlik musobaqasi hisoblanadi.

——————————

В ТГЮУ прошел Tashkent Vis Pre-Moot

На Tashkent Vis Pre-Moot 2024, организованном по инициативе кафедры международного частного права Ташкентского государственного юридического университета и проведенного под руководством врио ректора ТГЮУ Исламбека Рустамбекова, специалисты из ведущих адвокатских фирм страны выступали в качестве судей и оценивали подготовку к основному конкурсу студентов Ташкентского государственного юридического университета, Университета мировой экономики и дипломатии, Международного Вестминстерского университета в Ташкенте.

Команды имели возможность представлять каждую сторону фиктивного кейса на устных слушаниях перед профессиональными арбитрами.

Данные слушания между тремя университетами проходили одновременно в трех аудиториях в течение двух часов.

ТГЮУ планирует расширение охвата таких ежегодных конкурсов до регионального уровня с приглашением команд из соседних стран и дальнего зарубежья.

Для справки: Tashkent Vis Pre-Moot 2024 – подготовительное состязание к основному этапу международного конкурса Vis Moot, который проходит в Гонконге и Вене.

——————————

Tashkent Vis Pre-Moot took place at Tashkent State University of Law.

At Tashkent Vis Pre-Moot 2024, specialists from the country's leading law firms acted as judges, evaluating the preparation of students from Tashkent State University of Law, the University of World Economy and Diplomacy, and the International Westminster University in Tashkent for the main competition.

Teams had the opportunity to represent each side of a fictional case in oral hearings before professional arbitrators.

These hearings between the three universities took place simultaneously in three classrooms for two hours.

Tashkent State University of Law plans to expand the scope of such annual competitions to the regional level, inviting teams from neighboring countries and further abroad.

For reference, the Tashkent Vis Pre-Moot 2024 is a preparatory competition for the main stage of the Vis Moot international competition, which takes place in Hong Kong and Vienna.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram