January 27, 2022

#yangilik #новости #news


TDYU va Nagoya universiteti o‘rtasidagi xamkorlik mustahkamlanmoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti va Yaponiyaning Nagoya universiteti vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

ZOOM platmormasi orqali tashkil etilgan tadbirda TDYU rektori Akbar Tashkulov Nagoya universiteti vitse prezidenti Kazuhito Kavakita, ikki oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Xususan, endilikda TDYU talabalarining Yapon huquqini tadqiq qilish markazida yanada yaxshi bilim olishini ta’minlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida markaz a’zolariga yapon tili bo‘yicha olgan bilimlarini hisobga olib, kredit taqdim etiladigan bo‘ldi. “Toshkent davlat yuridik universitetida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ham Yapon huquqini tadqiq qilish markazida talabalar tomonidan o‘qilgan fanlar TDYU tomonidan tan olinishi mumkinligi borasidagi band kiritildi hamda markazdan olingan akademik kreditlarning universitet tomonidan tan olinishi uchun asos yaratildi.

Tadbirda markazga 2021-2022 o‘quv yilida 43 ta talaba qabul qilingani va bu o‘tgan yillarga nisbatan ko‘p ekani qayd etildi.

Tadbirda o‘quv yo‘nalishida amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlari o‘z samarasini berayotgani alohida ta’kidlandi. Xususan, o‘tgan o‘quv yilida Nagoya universiteti professori Day Yokomizo hamda Nagoya universiteti faxriy professori Hajime Vadaning TDYUda taklif etilgan professor sifatida darslari tashkil etildi.

Shuningdek, o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Vizual xalqaro huquq” darsligi uchun Nagoya universiteti tomonidan grant ajratildi. Shu bilan birgalikda, Nagoya universiteti professorlari tomonidan yozilgan va Yaponiya huquqining o‘ziga xos jihatlarini o‘zida jamlagan adabiyotlar o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda.

Bundan tashqari, TDYUning uchta talabasi — Yaponiya hukumatining MEXT granti sohibi Ismigul Kubayeva va Madina Xosilova hamda Yaponiya hukumatining Global Network Project Russia and CIS granti sohibi Gʻayrat Eshboyev Nagoya universiteti magistraturasiga qabul qilindi.

Tadbir doirasida TDYU rektori Akbar Tashkulov ikki universitet hamkorlikni mustahkamlashga doir takliflarini bildirdi.

Uchrashuvda 2007-yilda Yapon huquqini tadqiq qilish markazi bo‘yicha Nagoya universiteti va TDYU o‘rtasida tuzilgan Memorandumni o‘zgartirish va bu bo‘yicha loyihani tayyorlash, universitet boshqaruvi, normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlash masalasida Nagoya universiteti bilan hamkorlik qilish, TDYU professor-o‘qituvchilarining Nagoya universitetiga qisqa muddatli stajirovkaga yuborish dasturini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

——————————

Укрепляется сотрудничество между ТГЮУ и Университетом Нагоя

Состоялась встреча между представителями Ташкентского государственного юридического университета и Университета Нагоя.

В мероприятии, организованном на платформе ZOOM, приняли участие ректор ТГЮУ Акбар Ташкулов, вице-президент Университета Нагоя Казухито Кавакита, преподаватели и ответственные сотрудники двух высших образовательных учреждений.

На встрече обсуждены вопросы сотрудничества двух университетов.

В частности, в целях обеспечения дальнейшего качественного обучения студентов ТГЮУ в Центре исследования японского права и их поддержки, членам центра будут предоставлены кредиты на основе знания японского языка. В Положение об организации учебного процесса в Ташкентском государственном юридическом университете по кредитно-модульной системе обучения также включен пункт о том, что предметы, изучаемые студентами в Центре исследования японского права, могут быть признаны ТГЮУ, это послужит основанием для признания университетом академических кредитов.

На мероприятии было отмечено, что в 2021/2022 учебном году в центр было принято 43 студента, то есть больше, чем в предыдущие годы.

——————————

Cooperation between Tashkent State University of Law and Nagoya University is strengthening

A meeting was conducted between representatives of Tashkent State University of Law and Nagoya University.

The event, organized on the ZOOM platform, was attended by the rector of Tashkent State University of Law - Akbar Tashkulov, vice-president of Nagoya University - Kazuhito Kawakita, professors, and staff of the two higher educational institutions.

The meeting discussed issues of cooperation between the two universities.

In particular, to ensure further quality education for TSUL students at the Center for Japanese Law Studies and to support them, members of the center will be granted ECTS based on knowledge of the Japanese language. The Regulations on organizing the educational process at Tashkent State University of Law under the credit-module tuition system also included a clause stating that the subjects studied by students at the Japanese Legal Research Center can be recognized by Tashkent State University of Law, which will serve as a basis for recognition of academic credits by the university.

It was noted at the event that 43 students were admitted to the center in the 2021/2022 academic year, which is more than in previous years.

It was noted at the event that educational cooperation is showing the primary results. In particular, last academic year, Professor Dai Yokomizo and Professor of Nagoya University - Hajime Wada organized classes as guest professors at TSUL.

Nagoya University also provided a grant for a textbook on visual international law translated into Uzbek. At the same time, literature written by Nagoya University professors containing selected aspects of Japanese law is being translated into Uzbek.
In addition, three students of Tashkent State University of Law - winners of the Japanese government MEXT grant Ismigul Kubaeva and Madina Khosilova, and holder of the Japanese government Global Network Project Russia and CIS grant Gayrat Eshboev are accepted to the master's program at Nagoya University.

During the event, Akbar Tashkulov, Rector of Tashkent State University of Law made proposals for strengthening cooperation between the two universities.

During the meeting, the parties discussed issues related to the amendment of the memorandum between the University of Nagoya and TSUL signed in 2007 on the activities of the Center for Japanese Legal Research, cooperation with the University of Nagoya on university management, preparation of legal and regulatory documents, the resumption of short-term training of teachers of TSUL at the University of Nagoya.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram