August 15

#yangilik #новость #news

TDYUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ishga tushdi

Talabalarning turar joy va ijara xonadonlari bilan bog‘liq masalalarini hal etish maqsadida tashkil etilgan markaz orqali talabalar turar joylaridagi mavjud joylar, bo‘sh o‘rinlar, ariza topshirish uchun ko‘rsatmalar, ularning sharoitlari va narxlari haqida batafsil ma’lumot olish hamda arzon va qulay joylarni topish, ularni ijaraga olish bo‘yicha tavsiyalar va kerakli hujjatlar ro‘yxati bilan tanishish mumkin.

Shuningdek, markaz tomonidan Toshkent shahridagi ijara xonadonlari haqida takliflar, joylashuv, narx va sharoitlar haqida eng so‘nggi yangiliklar taqdim etiladi hamda turar joy va ijara masalalari bo‘yicha huquqiy maslahatlar va shartnomalarni tuzishda yordam beriladi.

Markaz Toshkent davlat yuridik universiteti 3-binosi (sobiq ODO)da joylashgan bo‘lib, dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 ga qadar faoliyat olib bormoqda.

——————————

В ТГЮУ начал работу информационный центр по вопросам жилья и аренды квартир для студентов

Через центр, созданный для решения проблем, связанных с размещением студентов и арендой квартир, можно получить подробную информацию о наличии мест в студенческом общежитии, свободных местах, инструкциях по подаче заявлений, условиях и ценах, а также ознакомиться с рекомендациями по поиску доступного и удобного жилья, получению его в аренду, списком необходимых документов.

Кроме того, в центре предоставляются данные о предложениях, расположении, цене и условиях аренды квартир в Ташкенте, а также юридические консультации и помощь в составлении договоров по вопросам жилья и аренды.

Центр расположен в здании №3 Ташкентского государственного юридического университета (бывшего ОДО) и работает с понедельника по пятницу с 09:00 до 18:00.

——————————

At Tashkent State University of Law, an information center has been established to address housing and apartment rental issues for students

At the center, which was created to solve problems related to student accommodation and apartment rentals, you can obtain detailed information about available spaces in student dormitories, vacant spots, application procedures, conditions, and prices. Additionally, you can find recommendations on how to search for affordable and convenient housing, rent it, and a list of necessary documents.

Furthermore, the center provides data on offers, locations, prices, and rental conditions for apartments in Tashkent, as well as legal consultations and assistance in drafting rental agreements.

The center is located in Building No. 3 of Tashkent State University of Law and operates from Monday to Friday, from 9:00 AM to 6:00 PM.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram