April 3

#elon #объявление #announcement

TDYUda “Davlat boshqaruvini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro anjuman 18-aprel 10:00 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-son Farmonida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazilayotgan konferensiya materiallari to‘plam shaklida chop etiladi.

To‘plamda maateriallarini chop etishni istaganlar quyidagi yo‘nalishdagi maqola va tezislarini oʻzbek, rus va ingliz tillarida, elektron shaklda 15-aprelga qadar @farhodprimovDB Telegram manziliga yuborishi kerak:

• davlat boshqaruvi;
• global va milliy iqtisodiyot;
• siyosiy jarayonlar va xalqaro munosabatlar.

Maqolalarni qabul qilish tartibi:

Maqola hajmi 4-8 sahifa, Times New Roman shrifti, 14 oʻlchovda, 1,5 qator oraligʻida, chap tomondan 3 cm, yuqori va past tomondan 2 cm, oʻng tomondan 1,5 cm qoldirilgan holatda A4 formatli standart qogʻozda Word 2000-2016 dasturi, doc yoki docx formatida boʻlishi lozim.

Maqola www.antiplag.uz saytining qisqacha hisoboti bilan qabul qilinadi. Originallik kamida 70% boʻlishi kerak.

Maqola rasmiylashtirilganda bosh harflarda maqola mavzusi, keyingi satrda muallif(lar)ning ismi, sharifi, otasining ismi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, ish joyi va lavozimi toʻliq yoziladi. Keyin oʻzbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya va kalit soʻzlar keltiriladi. Annotatsiya 2-3 jumladan iborat boʻlib, oʻzida maqola mazmunini ifodalashi lozim. Kalit soʻzlar mavzuni ochib beradigan 10 dan oshmagan soʻz va iboralardan iborat boʻlishi kerak. Maqolada kirish, mavzuning dolzarbligi va hozirgi holati, tajriba qismi (tadqiqotni amalga oshirish), olingan natijalar tahlili, taklifi va xulosa qismlari boʻlishi talab qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati maqola oxirida keltiriladi, bunda matnda adabiyotlarga havola kvadrat qavslarda koʻrsatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati amaldagi davlat standartlari asosida rasmiylashtiriladi.

Konferensiyada ilmiy tadqiqotchilar, soha mutaxassislari va talabalar o‘z materiallari bilan ishtirok etishi mumkin.

__________________________

В ТГЮУ пройдет международная научно-практическая конференция на тему «Приоритетные направления развития государственного управления»

Международная конференция, организованная кафедрой государственного управления, начнется 18 апреля в 10:00 в конференц-зале (кабинет №221) здания №3 ТГЮУ.

Материалы конференции, проводимой в целях обеспечения выполнения задач, предусмотренных Указом Президента Республики Узбекистан № PF-158 от 11 сентября 2023 года «Стратегия Узбекистан — 2030», будуут опубликованы в виде сборника.

Научные статьи для конференции принимаются на узбекском, русском и английском языках в период с 1 марта по 15 апреля через Telegram-аккаунт @farhodprimovDB. Статьи принимаются по следующим направлениям:

– Государственное управление;
– Глобальная и национальная экономика;
– Политические процессы и международные отношения.

Требования к оформлению статей:

Объем статьи должен составлять от 4 до 8 страниц, шрифт Times New Roman, размер 14, межстрочный интервал 1,5. Поля: слева — 3 см, сверху и снизу — 2 см, справа — 1,5 см. Статьи должны быть оформлены в формате A4 с использованием Microsoft Word 2000-2016 (форматы doc или docx).

К статье обязательно прилагается отчет о проверке на плагиат с сайта www.antiplag.uz. Уровень оригинальности статьи должен быть не менее 70%.

При оформлении статьи необходимо указать:

• Название статьи (заглавными буквами);

• Ф.И.О. автора (полностью), ученую степень и звание, место работы и должность.

Статья должна содержать аннотацию и ключевые слова на узбекском, русском и английском языках. Аннотация должна состоять из 2-3 предложений, кратко отражающих содержание статьи. Ключевые слова — не более 10 слов или словосочетаний, раскрывающих тему статьи.

Структура статьи:

• Введение (актуальность темы и ее текущее состояние);

• Исследовательская часть (проведение исследования);

• Анализ полученных результатов;

• Рекомендации и заключение.

В конце статьи приводится список использованных источников, оформленный в соответствии с государственными стандартами. Ссылки в тексте оформляются в квадратных скобках.

В конференции могут принять участие научные исследователи, специалисты отрасли и студенты.

__________________________

An international scientific and practical conference on the topic "Priority Directions for the Development of Public Administration" will be held at TSUL

The international conference, organized by the Department of Public Administration, will begin on April 18 at 10:00 (room No. 221, building 3, Tashkent State University of Law).

The materials of the conference, held to ensure the implementation of the tasks outlined in the Presidential Decree of the Republic of Uzbekistan No. PF-158 dated September 11, 2023, "Uzbekistan Strategy — 2030," will be published as a collection.

Scientific articles for the conference are accepted in Uzbek, Russian, and English from March 1 to April 15 via the Telegram account @farhodprimovDB. Articles are accepted in the following areas:

Public Administration;
Global and National Economy;
Political Processes and International Relations.

Article formatting requirements:

The article should be between 4 and 8 pages long, using Times New Roman font, size 14, with 1.5 line spacing.

Margins: left — 3 cm, top and bottom — 2 cm, right — 1.5 cm.

Articles must be formatted in A4 size using Microsoft Word 2000-2016 (doc or docx formats).

A plagiarism report from the website www.antiplag.uz must be attached to the article. The originality level of the article must be at least 70%.

The article must include:

Title of the article (in uppercase letters);

Full name of the author, academic degree and title, place of work, and position.

The article should also include an abstract and keywords in Uzbek, Russian, and English. The abstract should consist of 2-3 sentences briefly reflecting the content of the article. Keywords should include no more than 10 words or phrases that reveal the topic of the article.

Article Structure:

Introduction (relevance of the topic and its current state);
Research Section (conducting the research);
Analysis of Results;
Recommendations and Conclusion.

At the end of the article, a list of references should be provided, formatted according to state standards. References in the text should be in square brackets.

Researchers, specialists, and students are welcome to participate in the conference.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram