September 29, 2023

#hamkorlik #сотрудничество #cooperation


Toshkent davlat yuridik universiteti va TBC BANK o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov, TBC BANK boshqaruv raisi Spartak Tetrashvili va ikki muassasa mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbirda universitet va TBC BANK o‘rtasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikni rivojlantirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni bank sohasiga keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, bank sohasida faoliyat olib boruvchi yuristlarni tayyorlash, hamkorlikda bank xodimlari ishtirokida mahorat darslarini o‘tkazish, TDYU talabalarini TBC BANK da amaliyot o‘tashi uchun sharoit yaratish, bankda ishlash istagini bildirgan talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil etish va bu orqali bankning kadrlar zaxirasini shakllantirib borishga kelishib olindi.

——————————

Между Ташкентским государственным юридическим университетом и TBC BANK подписан меморандум о сотрудничестве

В организованном в связи с этим событием мероприятии приняли участие врио ректора ТГЮУ Исламбек Рустамбеков, председатель правления TBC BANK Спартак Тетрашвили, представители двух учреждений.

На мероприятии были обсуждены вопросы развития сотрудничества университета и TBC BANK по подготовке высококвалифицированных кадров, обеспечению гармонии теории и практики, формированию у студентов практических навыков и широкому привлечению молодежи в банковскую сферу.

Также достигнута договоренность по вопросам подготовки юристов, работающих в банковской сфере, проведения мастер-классов с участием сотрудников банка, создания условий для прохождения студентами ТГЮУ практики в TBC BANK, организации ярмарок вакансий для студентов, изъявивших желание работать в банке, что послужит формированию кадрового резерва банка.

——————————

A memorandum of cooperation was signed between Tashkent State University of Law and TBC BANK

The event organized in connection with this event was attended by the acting rector of TSUL - Islambek Rustambekov, the chairman of the board of TBC BANK - Spartak Tetrashvili, and representatives of two institutions.

At the event, issues of developing cooperation between the university and TBC BANK in training highly qualified personnel, ensuring harmony of theory and practice, developing practical skills in students and broadly attracting young people into the banking sector were discussed.

An agreement was also reached on the training of lawyers working in the banking sector, conducting master classes with the participation of bank employees, creating conditions for TSUL students to undergo internships at TBC BANK, organizing job fairs for students who have expressed a desire to work in the bank, which will serve to form a personnel reserve.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram