#yangilik #новость #news
CALR Fellowship loyihasining 3-mavsumiga 9 nafar xorijlik olim tanlab olindi
Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetida 2022-yilning iyul oyidan boshlab “Central Asian Legal Research Fellowship” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan.
Universitet tadqiqotchilari hamda xorijdagi nufuzli universitetlar olimlari oʻrtasida ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, jumladan, birgalikda ilmiy tadqiqotlarni olib borishni maqsad qilgan loyihaning 3-mavsumida qatnashish uchun Buyuk Britaniya, Daniya, Malayziya, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Vetnam kabi 7 ta davlatdan nomzodlar hujjat topshirdi. Nomzodlar orasida Brunel universiteti (Buyuk Britaniya), Aarhus universiteti (Daniya), Moskva davlat universiteti (Moskva) va Pekin texnologiyalar universiteti (Xitoy) kabi nufuzli universitetlarda faoliyat olib borgan olimlarning borligi mazkur loyihaning ahamiyati naqadar yuqori ekanini yana bir bor isbotladi.
Kuni kecha nomzodlar bilan oʻtkazilgan suhbat natijasida jami 9 nafar nomzod loyihada ishtirok etish uchun tanlab olindi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur loyiha ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda “Scopus”, “Web of Science” kabi bazalarda indekslangan nufuzli ilmiy jurnallarda chop etish uchun qoʻshma ilmiy tadqiqot amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda esa, xorijlik olimlar Oʻzbekistonga tashrif buyurib, qator ilmiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etishadi.
9 зарубежных ученых отобраны для участия в третьем сезоне проекта CALR Fellowship
Как вы знаете, с июля 2022 года в Ташкентском государственном юридическом университете стартовал проект «Central Asian Legal Research Fellowship».
Кандидаты из 7 стран, таких как Великобритания, Дания, Малайзия, Китай, Россия, Индия, Вьетнам подали заявки на участие в третьем сезоне проекта, целью которого является дальнейшее укрепление научного сотрудничества между исследователями университетов и учеными престижных университетов за рубежом, в том числе проведение совместных научных исследований. Наличие среди кандидатов ученых, работавших в престижных университетах, таких как Университет Брюнеля (Великобритания), Орхусский университет (Дания), МГУ (Москва) и Пекинский технологический университет (Китай), еще раз доказало важность этого проекта.
Вчера по итогам собеседования с кандидатами для участия в проекте были отобраны 9 кандидатов.
Напоминаем, что данный проект состоит из двух этапов. На первом этапе проводятся совместные научные исследования для публикации в престижных научных журналах, индексируемых в таких базах данных, как «Scopus», «Web of Science».
На втором этапе зарубежные ученые посетят Узбекистан и примут участие в ряде научных и культурных мероприятий.
9 foreign scientists have been selected to participate in the third season of the CALR Fellowship project
As you know, the “Central Asian Legal Research Fellowship” project was launched at Tashkent State University of Law in July 2022.
Candidates from 7 countries such as the UK, Denmark, Malaysia, China, Russia, India, and Vietnam applied to participate in the third season of the project, which aims to further strengthen scientific cooperation between university researchers and scientists from prestigious universities abroad, including conducting joint scientific research. The presence of scientists among the candidates who worked at prestigious universities such as Brunel University (UK), Aarhus University (Denmark), Moscow State University (Moscow), and Beijing University of Technology (China) once again proved the importance of this project.
Yesterday, based on the results of the interviews with candidates, 9 candidates were selected to participate in the project.
We remind you that this project consists of two stages. In the first stage, joint scientific research is conducted for publication in prestigious scientific journals, indexed in databases such as Scopus and Web of Science.
In the second stage, foreign scientists will visit Uzbekistan and take part in several scientific and cultural events.
Dr. Stelios Andreadakis – PhD Buyuk Britaniya Lester universiteti, Brunel universiteti professori
Dr. Muhammad Nizam Awang – PhD Buyuk Britaniyaning Brunel universiteti, Malayziyaning Sains Islam Universiteti professori
Dr. Rohit Moonka – PhD Hindistonning Shimoliy Gujarat universiteti, Dehli universiteti professori
Dr. Ebru Demir – PhD Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti, Daniyaning Aarhus universiteti professori
Dr. Kavita Singh – PhD - Hindistonning Shimoliy Bengal universiteti, Rajiv Gandi nomidagi Intellektual mulk huquqi institute professori
Dr. Le Thi Thuy Nhi – XXR ning Pekin texnologiyalar universiteti doktoranti, Huquq universiteti o‘qituvchisi
Dr. Filatova Maria Alekseevna – PhD – Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat universiteti, MDU professori
Dr. Saslina Kamaruddin – PhD Malayziya Shah Alam universiteti, Sulton Idris ta'lim universiteti professori
Dr. Sangeeta Taak – PhD Hindistonning Rajiv Gandi universiteti, Rajiv Gandi universiteti professori