May 9

#tadbir #мероприятие #event


“Faxriylar doim e’zozda” mavzusida adliya organlarida faoliyat yuritgan faxriylar va talabalar o‘rtasida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

9-may – “Xotira va qadrlash” kuni bayrami munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda vazirlik va universitet mutasaddilari, sohada faoliyat yuritgan va yuritayotgan olim-yuristlar, professor-o‘qituvchilar va universitet talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuvda “ustoz-shogird maktabi”ning ahamiyati, o‘tganlarni xotiralash, ularga munosib shogird bo‘lib yetishish, tinchlikni ardoqlash, huquqshunoslik ilm-fani sohasidagi mavjud yutuqlar, kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr almashildi.

Tadbir doirasida Xayriddin Fayziyev, Alisher Mardiyev, Qo‘chqor Tog‘ayev, Xalimbay Babayev so‘zga chiqib, talabalarga o‘zlarining qimmatli maslahatlarini berish bilan birga ustozlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, hozirgi shiddatli davrda tinchlikning qadriga yetish borasida qimmatli tavsiyalar berdi.

Ta’kidlanganidek, yosh avlodni tarbiyalashda “ustoz-shogird” anʼanasiga amal qilish, ustozlarni ulug‘lash, ularning tajribalaridan unumli foydalanish, ta’lim, ilm-fan sohalaridagi ibratli tajriba va yutuqlari bilan tanishish, ilmiy an’analari borasida fikr almashish muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz, xususan, universitetimiz tomonidan ham faxriylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga g‘amxo‘rlik qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbir doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy qism barchaga xush kayfiyat ulashdi. Badiiy qism doirasida faxriylarni taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida faxriy mehmonlar va universitet xodimlari uchun bayram dasturxoni ham tashkil etildi.

——————————

Прошла «Встреча трех поколений» между студентами и ветеранами, работавшими в органах юстиции на тему «Ветераны всегда в почете»

В мероприятии, организованном Ташкентским государственным юридическим университетом и Министерством юстиции в связи с Днем памяти и почестей, приняли участие должностные лица министерства и университета, ученые и юристы, преподаватели и студенты университета.

На встрече состоялся обмен мнениями о важности школы «устоз-шогирд», воспоминаний о прошлом, становлении достойных учеников, почитании мира, современных достижений в области юриспруденции.

В ходе мероприятия выступили Хайриддин Файзиев, Алишер Мардиев, Кочкор Тогаев, Халимбай Бабаев не только дали свои ценные советы студентам, а также дали ценные рекомендации, как проявлять уважение к учителям и ценить мир в нынешнее время.

Отмечалось, что в воспитании молодого поколения важно следовать традиции «устоз-шогирд», прославлять учителей, эффективно использовать их опыт, знакомиться с их опытом и достижениями в области образования и науки, обмениваться идеями о научных традициях. Наше государство, в частности наш университет, многое делает для поддержки ветеранов, заботы о них.

Художественная часть мероприятия, подготовленная студентами, подарила гостям хорошее настроение. В рамках концертной программы также состоялась церемония награждения ветеранов.

Также по завершению встречи был организован праздничный стол для почетных гостей и сотрудников университета.

——————————


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram