September 10

#qabul #прием #admission

TDYU hamkori bo‘lgan Nagoya universiteti 2-3-bosqich talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi hamda yapon yoki ingliz tilini bilish darajasi B2 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Kuzgi semestrda akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar 23-sentabrga qadar fakultet dekanatlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: – akademik transkript nusxasi;
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– yapon yoki Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
– faollik to‘g‘risida boshqa sertifikatlar.

Loyiha 2024-2025-o‘quv yilining bahorgi semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.

——————————

Партнер ТГЮУ — Университет Нагоя объявляет программу академической мобильности для студентов 2–3 курсов ТГЮУ

Для участия в программе кандидаты должны иметь средний балл по GPA не ниже 80% и знание японского либо английского языка (на уровне B2 или выше).

Студенты, желающие учиться по программе академической мобильности в зарубежном университете, должны предоставить в деканаты факультетов до 22 сентября следующие документы: 1. Копию академического транскрипта.
2. Копию листка с личными данными паспорта для выезда за границу.
3. Сертификат знания японского либо английского языка.
4. Другие сертификаты об активности.

Проект позволяет обучаться в весеннем семестре 2024-2025 учебного года в зарубежном университете-партнере без оплаты контракта. Вместе с тем, если студент учится в ТГЮУ на платно-контрактной основе, то сумма контракта, а также все другие расходы (транспорт, виза, страхование, общежитие и расходы на проживание) покрываются студентом.

——————————

Nagoya University, a partner university of TSUL, announces an academic mobility program for 2nd to 3rd-year TSUL students

To participate in the program, candidates must have a GPA of at least 80% and knowledge of Japanese or English at the B2 level or higher.

Students wishing to study through the academic mobility program at a foreign university must submit the following documents to the faculty dean's office by September 22:

A copy of the academic transcript.
A copy of the personal data page of the passport.
A certificate of language proficiency in Japanese or English.
Other certificates of extracurricular activities.

The program allows students to study in the spring semester of the 2024-2025 academic year at a partner foreign university without paying tuition fees. However, if the student is enrolled in TSUL on a fee basis, the tuition fee and all other expenses (transportation, visa, insurance, dormitory, and living expenses) must be covered by the student.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram