February 5, 2024

#hamkorlik #сотрудничество #cooperation


“Toshkent shahar prokurori stipendiyasi” joriy etiladi

Toshkent shahar prokuraturasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida 2023/2024-o‘quv yilida “Toshkent shahar prokurori stipendiyasi” joriy etish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda TDYU rektori v.v.b., professor Islambek Rustambekov, Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldashev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Bunyod Rajabov, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Bobir Mirzayev, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda mazkur memorandumdan ko‘zlangan maqsad, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imtiyozlar va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi stipendiyaning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, Toshkent davlat yuridik universitetidagi ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning ilm-fan va ijodkorlikka bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, ularning tashabbuskorliklarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida joriy etilayotgan “Toshkent shahar prokurori” stipendiyasi talabalarning nazariy bilimlarini huquqni qo‘llash amaliyoti bilan mustahkamlash, ularda prokurorlik kasbiy fazilatlarini shakllantirish, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga ko‘maklashish bilan bog‘liq tadbirlar majmuidan iborat tashabbuskor loyihadir.

Tadbir davomida talabalar “Toshkent shahar prokurori” stipendiyasini olish tartibi va tanlov jarayoni haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

——————————

Будет учреждена Стипендия прокурора города Ташкента

Между Ташкентской городской прокуратурой, Министерством высшего образования, науки и инноваций, Ташкентским городским управлением по делам молодежи и Ташкентским государственным юридическим университетом подписан меморандум о сотрудничестве по учреждению Стипендии прокурора города Ташкента в 2023/2024 учебном году.

На организованной в связи с этим событием церемонии принял участие врио ректора ТГЮУ, профессор Исламбек Рустамбеков, прокурор города Ташкента Эркин Юлдашев, начальник Ташкентского городского управления Министерства высшего образования, науки и инноваций Бунёд Ражабов, начальник Ташкентского городского управления Агентства по делам молодежи Бобир Мирзаев, преподаватели и студенты университета.

На мероприятии была представлена информация о цели этого меморандума, льготах, предоставляемых сегодня молодежи, реформах, проводимых в этой сфере, а также важности новой стипендии.

Как отмечалось, вводимая в Ташкентском государственном юридическом университете в целях стимулирования стремления талантливых студентов к науке и творчеству, поддержки их инициатив, усиления внимания к воспитанию молодежи в духе преданности Родине и идеям национальной независимости Стипендия прокурора города Ташкента – это инициативный проект, состоящий из комплекса мероприятий, направленных на укрепление теоретических знаний студентов правоприменительной практикой, формирование прокурорских профессиональных качеств, а также практических навыков.

В ходе мероприятия студенты получили ответы на интересующие их вопросы о процессе отбора и порядке получения Стипендия прокурора города Ташкента.

——————————

A scholarship "Prosecutor of Tashkent" will be established

A memorandum of cooperation was signed between Tashkent City Prosecutor's Office, the Ministry of Higher Education, Science and Innovation, Tashkent City Youth Administration and Tashkent State University of Law on the establishment of the scholarship "Prosecutor of Tashkent" in the 2023/2024 academic year.

The ceremony organized in connection with this event was attended by the acting rector of TSUL, professor Islambek Rustambekov, Tashkent city prosecutor Erkin Yuldashev, head of the Tashkent city administration of the Ministry of Higher Education, Science and Innovation Bunyod Rajabov, head of the Tashkent city administration of the Agency for Youth Affairs Bobir Mirzaev, teachers and university students.

The event provided information about the purpose of this memorandum, the benefits provided to young people today, the reforms being carried out in this area, as well as the importance of the new scholarship.

As noted, to stimulate the desire of talented students for science and creativity, support their initiatives, and increase attention to educating young people in the spirit of devotion to the Motherland and the ideas of national independence, the scholarship "Prosecutor of Tashkent" was introduced and it is an initiative project consisting of a set of activities aimed at strengthening students’ theoretical knowledge with law enforcement practice, developing prosecutorial professional qualities, as well as practical skills.

During the event, students received answers to their questions about the selection process and the procedure for receiving the scholarship.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram