February 25, 2022

TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti

Toshkent shahar yuridik texnikumi hamdaToshkent davlat yuridik universiteti o'rtasidagi o'zaro hamkorlik doirasida “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi o`qituvchisi Sherali Subhonov tomonidan "Fuqarolik protsessida isbotlash va dalillar" mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

“Fuqarolik protsessual huquq” fani doirasi o‘tkazilgan mashg 'ulotda dalillarni isbotlash, sudga oid dalillar isbotlashdan ozod qilish asoslari, isbotlash vositalariga yo'l qo'yilishi, taraflar o'rtasida isbotlash burchnini taqsimlash, dalillarning tasnifi, yozma va ashyoviy dalillar shuningdek sud topshiriqlari nazariy va amaliy jihatdan batafsil tushuntirib berildi.

Mahorat darsida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyda mahorat darsi tashkil etildi.

"O'zbeksiton Respublikasining sud hokimiyati" mavzusida o'tkazilgan mahorat darsida “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi o'qituvchilari Xakimova Kamola va Qodiraliyev Saddam ishtirok etdi.


TDYU professori, yuridik fanlari doktori Shuhrat Fayziyev tomonidan Toshkent shahar yuridik texnikumidа mahorat darsi o’tkazildi.

Mashg‘ulotda normativ-huquqiy hujjatlar to’risidagi qonunning mazmun-mohiyati, ushbu hujjatlarni maxsus fanlar bo’yicha o’tkaziladigan o’quv mashg’ulotlariga tadbiq etish usullari haqida ma’lumot berildi.


“Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabalari ishtirokida Fuqarolik ishlari bo'yicha Shayxontohur tumanlararo sudida sayyor dars bo‘lib o‘tdi.

TDYU “Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi dotsenti Go’zalxon Axmedova tomonidan Toshkent shahar yuridik texnikumida “Kriminalistika” fani doirasida “Kiberjinoyat muammolari”mavzusida zamonaviy usullar asosida mahorat darsi o‘tkazildi.

“Ekologiya huquqi” kafedrasi tomonidan “Xalqaro ekologiya huquqi” moduli doirasida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi Xalqaro aloqalar va hamkorlik boshqarmasi boshlig’i Jaxongir Talipov ishtirok etdi.

Mahorat darsida O’zbekistonning xalqaro ekologik hamkorligi va bugungi kunda shu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar, shuningdek mazkur yo’nalishdagi xalqaro hujjatlarning ahamiyati va unga davlatlarning amal qilishi bilan bog’liq ma’lumot berildi.


Toshkent davlat yuridik universiteti Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi Pokistonlik talaba Allah Rakha Naeem tashabbusi bilan hududga mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Toshkent davlat stomatologiya institute talabalari uchun TDYU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Nasiba Niyazova tomonidan “G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi” mavzusida sayyor dars o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda “Shum bola” asari bo‘yicha viktorina o‘tkazildi.


M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti direktorlar kengashi korporativ kotibi, “Menejment va marketing” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Qidirova Jamila TDYU magistratura talabalari uchun “Корпоративное управление и его влияние на повышение эффективности современных организаций” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi.

“Umumta`lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti v.b. Dilnavoz Tadjibayeva, kafedra dotsenti v.b. Habiba Oblоmurodova hamda o'qituvchi Shoxijahon Toshpo`lotov tomonidan “Tanqidiy fikrlashning yurist faoliyatidagi roli” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotda Adliya vazirligi Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Yusupov olib bordi.