Fayziyev Shuxrat Xasanovich — Ommaviy huquq fakulteti Tadqiqot markazi rahbarligiga nomzod
Fayziev Shuhrat Xasanovich — ekologiya huquqi, yer huquqi, agrar huquqi, saylov huquqi, parlament huquqi, norma ijodkorligi va yuridik texnika fan sohalari bo‘yicha mutaxassis.
Toshkent davlat yuridik instituti “Ekologiya va qishloq xo‘jaligi huquqi” kafedrasi ilmiy tadqiqotchisi (1991), o‘qituvchisi (1992), katta o‘qituvchisi (1995), dotsenti (1998).
Toshkent davlat yuridik instituti “Yuridik xizmat” fakulteti dekani muovini (1998-1999). Toshkent davlat yuridik instituti “Davlat qurilishi va boshqaruvi” fakulteti dekani (1999–2001).
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy siyosatni muvofiqlashtirish va o‘quv muassasalari boshqarmasi boshlig‘i (2001-2002).
Toshkent davlat yuridik instituti “Ekologiya va qishloq xo‘jaligi huquqi” kafedrasi mudiri (2003–2005).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktor o‘rinbosari (2005–2008).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi o‘rinbosari (2008–2010).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi o‘rinbosari (2010-2011).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori (2008–2012).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti grant-loyiha rahbari (2012-2012).
O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi professori (2013-2014).
Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri (2014–2019).
Markaziy saylov komissiyasi Saylov qonunchiligi va zamonaviy axborot texnologiyalar o‘quv Markazi direktori (2019-2020).
Toshkent davlat yuridik universiteti “Ekologiya huquqi” kafedrasi professori. (2020–2025),
Hozirgi vaqtda TDYU Tadqiqot Markazi rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Sh.Fayziev “Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy masalalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini (1995), “O‘zbekiston Respublikasi ekologiya siyosatini huquqiy ta’minlashning nazariy masalalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini (2005) himoya qilgan.
Sh.Fayziev ilmiy rahbarligida 5 nafar (DSc) va 12 nafar (PhD) dissertatsiyalari himoya qilingan.
Sh.Fayziev tomonidan 12 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 15 ta monografiya, 11 ta ilmiy-amaliy qo‘llanma va 380 dan ortiq ilmiy-amaliy maqolalar chop etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’ati a’zosi (2001-2002),
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ilmiy-maslahat kengashi a’zosi (2007-2011),
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sud’yalarni tanlash va lavozimga tavsiya etish Oliy malaka komissiyasi a’zosi (2006-2011),
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi mamlakatni modernizatsiya qilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish Kengashi a’zosi (2008-2010).
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi DSc.07/30.12.2019. Yu/22/01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi (2020).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi a’zosi (2025)
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.07/2025.27.12.Yu.01.03 rakamli ilmiy kengash a’zosi (2025)
Toshkent davlat yuridik universiteti xuzuridagi DSc.07/2025.27.12.Yu.01.03 rakamli ilmiy kengash koshidagi ilmiy seminar raisi (2025).
Sh.Fayziev parlament va sud-huquq islohatlari, saylov jarayonlarining halqaro-huquqiy standartlari, qonun ijodkorligini takomillashtirish, yuridik fan va amaliyotini rivojlantirish hamda ekologik va tabiiy resurslar qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan Moskva (1995), Budapesht (2007), Kiev (1999), Nagoya (2005), Nyu-Deli (2005), Berlin (2007), Drezden (2010), Almata (2018), Dushanbe (2020), Kopengagen (2024) hamda Stokgolm (2024) shaharlarida o‘tkazilgan halqaro simpozium va konferentsiyalarda ma’ruzalar o‘qigan.