May 25

Jumag‘ulov Alisher Ernapasovich — Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti dekanligiga nomzod

Umumiy ma'lumot

Jumag‘ulov Alisher Ernapasovich, 1986-yilda tug‘ilgan, millati — o‘zbek. 2011-yilda Toshkent Islom Universitetining bakalavriat, 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichini tugatgan.

2022-yilda yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan.

Mehnat faoliyatini Toshkent shahri Shayxontohur tumani 42-maktab o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan. Keyinchalik Toshkent davlat yuridik universitetining turli kafedralarida o’qituvchi, fakultet dekan o’rinbosari lavozimlarida ishlagan. Hozirda Tadbirkorlik va korporativ huquq sho‘basi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.

A.Jumag‘ulov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi sanaladi.

Faoliyati davomida 2023-, 2024-2025-yillarda Oksford Islom tadqiqotlari markazida ilmiy tadqiqot olib borgan.

2026-yil 13-fevraldan jamoatchilik asosida O’zbekiston va Hindiston qo’shma korxonasi — “Raqamli sud ekspertiza va ilmiy tadqiqot Markazi” ijrochi direktori ham sanaladi.

Yutuqlari

2024-yilda Buyuk Britaniya hukumatining Chevening granti sohibi bo‘lgan.

Bir necha fundamental va amaliy grant loyihalarida ishtirok etgan.

Saylovoldi dasturi

Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetiga rahbarlik qilishda uning ilmiy va amaliy faoliyatining asosiy yoʻnalishi boʻlgan xalqaro huquqiy amaliyotga tayanib, asosiy eʼtibor quyidagi uchta ustuvor yoʻnalishga qaratiladi:

- Fan dasturlari va ta’lim metodikasini qayta ko’rib chiqish:

Oksford universiteti Huquq fakulteti fan dasturlari asosida universitet fan dasturlarini qayta ko’rib chiqish. Ta’limni Oksford universiteti metodikasi asosida tashkil etish.

- Xalqaro hamkorlik:

Sho’ba professor-o‘qituvchilarining uzoq muddatli xorijiy-stajirovkalarini tashkil etish. Fakultet talabalari uchun xalqaro tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish.

- Amaliy koʻnikmalar va bandlik:

Yuridik biznes kursini tashkil etish, bu orqali bitiruvchi talabalarning mustaqil xususiy amaliyotini tashkil etish. Xalqaro yuridik konsalting firmalariga o‘z dasturlarini tashkil etishga ko‘maklashish.

Uzoq muddatli maqsad:

Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarning xalqaro maydonda raqobatbardoshligini oshirish.