May 25

Bazarova Dildora Baxadirovna — Jinoiy odil sudlov fakulteti dekanligiga nomzod

Umumiy maʼlumot

Bazarova Dildora Baxadirovna 1976-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1998-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

18 yildan beri ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugʻullanib keladi. Universitetdagi mehnat faoliyati davomida Kriminalistika kafedrasi, Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasida oʻqituvchi, dotsent va professor v.b. lavozimlarida ishlagan. 2020–2025-yillarda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 2021-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 2023-yilda fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga erishgan.

Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida muloqot qila oladi.

Yutuqlari

Ilmiy faoliyati natijalari asosida 150 ga ilmiy maqola, 12 ta darslik, 8 ta monografiya va 7 ta oʻquv qoʻllanma muallifi boʻlgan. Ilmiy ishlari milliy va xalqaro jurnallarda chop etilgan. Scopus bazasida 2 ta ilmiy maqolasi indeksatsiya qilingan.

Xalqaro dasturlarda ishtirok etgan. Jumladan, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya va Xorvatiya universitetlarida ilmiy stajirovkalar oʻtagan. Grant loyihalarida rahbar sifatida ishtirok etgan.

Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universitetidagi Ilmiy kengash a’zosi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) huzuridagi Ekspertlik guruhi aʼzosi hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Ekspertlik guruhi aʼzosi hisoblanadi.

Saylovoldi dasturi

Klinik yuridik taʼlimni rivojlantirish orqali taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish

– jinoiy odil sudlov sohasida xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribaga mos zamonaviy oʻquv dasturlari joriy etiladi;

– tergov, prokuratura, sud va advokatura faoliyati bilan integratsiyalashgan amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlim modeli rivojlantiriladi;

– talabalarning protsessual hujjatlar tayyorlash, dalillar bilan ishlash va huquqiy tahlil koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan simulyatsion mashgʻulotlar va moot court dasturlari koʻpaytiriladi;

– raqamli texnologiyalarni jinoiy odil sudlov sohasiga integratsiya qilish orqali “maʼlumotlar va raqamli tahlillarga asoslangan yuridik taʼlim modeli” joriy etiladi.

Tadqiqotga asoslangan fakultet modeli joriy etiladi

“Practice-oriented research” tizimi orqali ilmiy tadqiqotlar olib borish yoʻlga qoʻyiladi. Huquqiy muammolarni faqat nazariya bilan emas, maʼlumotlar (data), sud statistikasi asosida oʻrganiladi. Fakultetdagi ilmiy ishlar orqali amaliyotdagi real muammolarga yechim ishlab chiqiladi.

Fakultetdagi professor-oʻqituvchilarni oʻz yoʻnalishi boʻyicha ilmiy reyting tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Ilmiy reytingda yuqori oʻrinni egallagan professor-oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish (xorijiy stajirovkalarga yuborish) tizimi joriy qilinadi.

Ilmiy maktablarda jamoaviy va sohalararo tadqiqotlar olib borish tizimi joriy etiladi. Universitetning Innovatsion jamgʻarmasidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratish orqali ilmiy maktablar faoliyati moliyaviy ragʻbatlantiriladi.

Fakultet faoliyatida tadqiqotga asoslangan fakultet modeli joriy etish sud amaliyoti, jinoyatchilik statistikasi va normativ-huquqiy hujjatlar bazasini zamonaviy usullar orqali tahlil qilish tizimini shakllantiradi.

Kasbga yoʻnaltirilgan sertifikatlash tizimi joriy qilinadi

Fakultetda talabalarni amaliy kasbiy faoliyatga tayyorlash maqsadida “Kasbga yoʻnaltirilgan sertifikatlash tizimi” joriy etiladi. Ushbu tizim doirasida talabalar 3–4-kurslarda asosiy oʻquv jarayonidan tashqari qisqa muddatli amaliy modullarni oʻzlashtirib, diplom bilan birga muayyan kasbiy yoʻnalish boʻyicha sertifikatga ega boʻladi.

Iqtidorli talabalar uchun amaliyot va karyera markazi tizimida kasbga yoʻnaltirilgan amaliy treninglar tashkil qilinadi. Bunda, talabalar tashkilotlarda ish yuritish tartibi, murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomiga rioya qilish va shu kabi sohalarda amaliy mashgʻulotlarda qatnashadi.

Akademik erkinlik va ochiq boshqaruv tizimi joriy etiladi

Fakultetda ochiq muloqot, jamoaviy boshqaruv va akademik erkinlik tamoyillariga asoslangan boshqaruv modeli joriy etiladi. Bunda:

– professor-oʻqituvchilarning fakultet boshqaruvi va qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi ishtiroki kengaytiriladi;

– dekanat faoliyatida jamoaviy muhokama va kollegial qaror qabul qilish tamoyillarini joriy etish orqali shaffof boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyiladi;