Axrorov Adxamjon Asrorkul o‘g‘li — Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti Akademik departamenti boshliqligiga nomzod
Axrorov Adxamjon Asrorkul o‘g‘li 1995-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2019-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat, 2020-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2024-yilda 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Mamuriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Mehnat faoliyatini 2019-yilda TDYU Xalqaro aloqalar bo‘limi uslubchisi lavozimidan boshlagan. 2020-2025-yillarda TDYU Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi va kafedra mudiri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2026-yil 1-yanvardan Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti dekan o‘rinbosari – Akademik departament boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Shu bilan birga, A.Axrorov 2026-yil yanvarda advokatlik litsenziyasini olgan.
Ilmiy salohiyat: Ma’muriy huquq, ma’muriy sud ish yurituvi sohasiga oid 3 ta monografiya,yakkamualliflikda1 ta, hamualliflikda 1 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta darslikchop etgan.
Ilmiy ishlar ko‘lami: Respublika va nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda 40 ga yaqin maqolalari chop etilgan. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan berilgan takliflari qonunchilikni takomillashtirishda inobatga olingan.
Stajirovka va kurslar: 2013-yilda “Fit in Deutsch” dasturi orqali grant asosida Germaniyadagi Goethe-Institutida 3 haftalik kursda ishtirok etgan. Shuningdek, 2023-yilda Germaniyaning Shpayer va Lyudvigsburg universitetlarida ilmiy stajirovka o‘tagan.
Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlari va kafedralar faoliyatini takomillashtirish maqsadida quyidagi ustuvor vazifalarga e’tibor qaratiladi:
O‘quv rejalari tahlil qilinadi hamda taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlarga boʻlgan talabni aniqlash orqali taʼlim va fan dasturlari ishlab chiqiladi;
O‘quv rejalaridagi bir-birini takrorlovchi fanlar va mavzular optimallashtiriladi hamda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratilgan fanlarga ko‘proq urg‘u beriladi;
Professor-o‘qituvchilarning tor doiradagi ixtisoslashuvini yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi.
2. O‘quv jarayonlarini raqamlashtirish:
Mas’ul tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda professor-o‘qituvchilarning dars taqsimotini elektron tizim orqali amalga oshirish va darslarni taqsimlashda inson omilini bartaraf etish choralari ko‘riladi;
Fakultetda talabalar murojaati bilan ishlashning tezkor mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
3. Xalqaro hamkorlik: Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish, xorijiy hamkor universitetlar bilan qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini kengaytirishga katta e’tibor qaratiladi.