Jurayev Alisher Nasirdinovich — Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti Akademik departamenti boshliqligiga nomzod
Jurayev Alisher Nasirdinovich 1993-yil 28-fevralda Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek, ma’lumoti — oliy, 2 nafar farzandi bor.
Jurayev Alisher Nasirdinovich 2012-yilda Toshkent shahar 1-son yuridik kollejini tugatgan, 2016-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik fakultetini, 2018-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura yo‘nalishini tamomlagan.
A.Jurayev 2018-yil 15-sentabrdan 2019-yil 1-sentabrga qadar TDYU Biznes huquqi kafedrasi kabinet mudiri, 2019-yil 1-sentabrdan 2020-yil 9-iyunga qadar TDYU Yuridik klinika bo‘limida klinika rahbari, 2020-yil 9-iyundan 2020-yil 2-iyulga qadar TDYU Biznes huquqi kafedrasi o‘qituvchisi, 2020-yildan 2026-yilga qadar TDYU Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi hamda hozirgi kunda Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi dotsent v.b. sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
A.Jurayev 2024-yil 15-iyunda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02 raqamli Ilmiy kengashda 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo‘yicha “Davlat fuqarolik xizmatida rag‘batlantirish choralarini qo‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.
1-Ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish bunda klinik va dual ta’lim tamoyillaridan kelib chiqib, fakultet sho‘balari bilan hamkorlikda:
- sudlar, prokuratura, advokatura va boshqa yuridik tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish;
- har bir talabani amaliyot bazasiga biriktirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish tashabbusini ilgari surish.
2-Talabalar manfaatlarini yanada kengroq himoya qilish:
- talabaning o‘quv faoliyati bilan bog‘liq muammolarini “ochiq muloqot haftaligi” orqali yo‘lga qo‘yish uning muammolarini aniqlash;
- talablarning o‘quv sohasidagi muammolarini aniqlashda anonim murojaatlar orqali ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish ;
- iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish;
- onlayn master-klass va xalqaro vebinarlar sonini oshirish.