Pulatova Nodiraxon Sobirjonovna — Ommaviy huquq fakulteti Tadqiqot markazi rahbarligiga nomzod
Pulatova Nodiraxon Sobirjonovna 1985-yil 17-iyulda Toshkent shahrida tugʻilganligini, maʼlumoti oliy, 2008-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura), 2011-yilda Toshkent davlat yuridik instituti aspirantura bosqichini, 2018-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchi, 2020-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranturani tugatgan.
N.Pulatova mehnat faoliyatini 2008-2011-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti ilmiy ishlar bo‘yicha muhandis lavozimida boshlaganligini, 2013-2019-yil Toshkent davlat yuridik universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchi, 2020-2020-yil Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti, 2020-2023-yillar 51411-U harbiy qism katta o‘qituvchisi, 2023-2024-yillar Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2024-yildan hozirgi vaqtgacha. Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi xisoblanadi.
Pulatova Nodiraxon Sobirjonovna jami 15-yildan ziyod mehnat (ilmiy-pedagogik) stajiga ega ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Pulatova Nodiraxon Sobirjonovna mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan birga kunduzgi bo‘lim aspiranti sifatida “2011-yil 22-dekabrda Toshkent davlat yuridik instituti huzuridagi yuridik fanlar doktori(nomzodi) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha D.016.15.03 raqamli ixtisoslashgan kengashda 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi; siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Huquqiy tartibga solish mexanizmida sud hujjatlarining roli (nazariy-huquqiy masalalar)” mavzusidagi yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini, 2022-yil 23-sentabrda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02 raqamli ilmiy kengashda 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi; Huquqiy ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Inson huquqlarini himoya qilishda sud hujjatlarining rolini kuchaytirish” mavzusidagi yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 29 apreldagi PQ–232-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Ommaviy huquq fakulteti Tadqiqot markazi faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish asosiy maqsad sifatida belgilanadi.
Birinchi yo‘nalish: Ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish
· Huquqni qo‘llash amaliyotidagi dolzarb muammolar asosida maqsadli ilmiy tadqiqotlar tizimi yo‘lga qo‘yish.
· PhD, DSc, magistrlik va BMI mavzularining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyatini baholashning shaffof mexanizmi joriy etish.
· Scopus va Web of Science bazalarida maqolalar chop etish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarga amaliy yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yish.
· Ilmiy tadqiqot natijalarini qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etish bo‘yicha maxsus monitoring mexanizmi shakllantirish.
Ikkinchi yo‘nalish: Xalqaro ilmiy hamkorlik va reytinglar
· Xorijiy universitetlar va tadqiqot markazlari bilan qo‘shma ilmiy loyihalar soni oshirish.
· Ilmiy stajirovkalar, akademik almashinuv dasturlari va xorijiy ekspertlar ishtirokidagi seminarlar tashkil etish.
· QS, Scopus va Web of Science ko‘rsatkichlari bo‘yicha fakultetning xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan aniq “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish.
· Ilmiy jurnallarni xalqaro bazalarga kiritish bo‘yicha tashkiliy va metodik ko‘mak kuchaytirish.
Uchinchi yo‘nalish: Ilmiy natijalarni raqamlashtirish va amaliyotga joriy etish
· Tadqiqot markazida yagona elektron ilmiy baza shakllantiriladi.
· Ilmiy maqolalar, tahliliy xulosalar va ekspertiza materiallarini raqamli platformalar orqali saqlash va almashish tizimi yo‘lga qo‘yish.
· Qonun loyihalari va normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha tezkor ilmiy-huquqiy ekspertiza mexanizmi joriy etish.
· Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va “spin-off” tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqish.
To‘rtinchi yo‘nalish: Yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash
· Talabalar, magistrantlar va doktorantlarning ilmiy faoliyatga jalb etilish darajasi oshish.
· “Yosh tadqiqotchi” klubi va ilmiy mentorlik tizimini yo‘lga qo‘yish.
· Ilmiy maqola yozish, grantlarda ishtirok etish va akademik halollik bo‘yicha amaliy treninglar tashkil etish.