May 25

Egamberdiyev Eduard Xajibayevich — Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti Tadqiqot markazi rahbarligiga nomzod

Umumiy ma’lumot

Egamberdiyev Eduard Xajibaevich 1989-yil 23-dekabrda tug‘ilgan.

2013-yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti bakalavriat, 2015-yilda esa magistraturani tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2011-yilda O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyatining Qoraqalpog‘iston Respublika tashkilotida Xalqaro gumanitar huquq loyihasi koordinatori lavozimidan boshlagan. 2012–2013-yillarda mazkur tashkilotda instruktor va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan. 2014–2015-yillarda Nukus shahridagi 27-maktabda huquq o‘qituvchisi, 2015–2018-yillarda Berdaq nomidagi QDUda Huquqshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2019–2025-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida Fuqarolik huquqi kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchi, Kiberhuquq kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi, dotsenti, kafedra mudiri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan; 2025-yildan esa Fuqarolik huquqi sektorida professor vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritmoqda.

2010-2015-yillarda Berdaq nomidagi QDUdagi Yuridik klinikaga rahbarlik qilgan.

2023–2025-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01 Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarning ilmiy kotibi. 2026-yildan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.07/2025.27.12.Yu.01.03 Ilmiy kengashning ilmiy kotibi.

Yutuqlari

2012-yilda Berdaq nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindori.

2021-yilda yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja uchun yozilgan dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.

7 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya, 60 ta ilmiy maqola muallifi.

Ilmiy rahbarligida 20 dan ortiq bitiruv malakaviy ishi va 4 ta magistrlik dissertatsiyasi himoya qilingan.

Gdansk universitetida (Polsha) stajirovka o‘tagan.

Saylovoldi dasturi

1. Fundamental tadqiqotlar

·                     markazning asosiy natijasi sifatida fundamental tadqiqotlar olib borish;

·                     kiberhuquq sohasini ham qamrab olgan holda dolzarb ilmiy muammolar bo‘yicha nazariy bazani ishlab chiqish;

·                     tadqiqot mavzularini xodimlar va professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda kollegial tarzda belgilash.

2. Grant faoliyati

·                     professor-o‘qituvchilar va doktorantlarning xalqaro grant loyihalarida ishtirokini kengaytirish;

·                     milliy grant tanlovlarini monitoring qilish va ularda ishtirok etish;

·                     aralash tadqiqot guruhlarini shakllantirish: markaz xodimi – professor-o‘qituvchi – doktorant.

3. Normativ-huquqiy hujjatlar ekspertizasi

·                     yagona zanjirni yo‘lga qo‘yish: tadqiqot → ekspert xulosasi → joriy etish dalolatnomasi;

·                     ekspert yo‘nalishlarini fakultet sektorlari o‘rtasida ularning profili asosida taqsimlash;

·                     til sektorlari kuchlari bilan qonun matnlar sifatini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish;

·                     ishlab chiqilayotgan qonun loyihalarini tizimli monitoring qilish.

4. Ilmiy nashrlar

·                     Scopusda indekslanadigan hamkor jurnallar bazasini shakllantirish;

·                     akademik yozuv bo‘yicha workshop tashkil etish;

·                     fundamental tadqiqot mavzularidan nashr uchun foydalanish.

5. Professor-o‘qituvchilar va doktorantlarni qo‘llab-quvvatlash

·                     har bir semestr boshida axborot-tahliliy materiallar bo‘yicha yo‘naltiruvchi uchrashuvlar o‘tkazish;

·                     barcha o‘qituvchilar uchun yarim yillik tematik reja shakllantirish;

·                     doktorantlarni real tadqiqot loyihalari va ekspert ishlariga jalb etish;

·                     ilmiy darajalar uchun dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlikda ko‘maklashish.

6. Markazni boshqarish

·                     xodimlar o‘rtasida yuklamani shaffof taqsimlash;

·                     har bir o‘quv yili uchun ustuvorliklarni kollegial rejalashtirish;

·                     xodimlarning kasbiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash;

·                     fakultet sektorlari professor-o‘qituvchilari va doktorantlari bilan ochiq muloqot olib borish.