May 25

Samigdjanov Fazliddin Rafkatovich — Ommaviy huquq fakulteti dekanligiga nomzod

Umumiy ma’lumot

Samigdjanov Fazliddin Rafkatovich — 1977-yilda tug‘ilgan, millati — o‘zbek.

U 1999-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi — huquqshunos.

F.Samigdjanov mehnat faoliyatini 1999-yilda Toshkent davlat yuridik instituti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasida o‘qituvchi lavozimidan boshlagan. U Toshkent davlat yuridik instituti aspiranti (2000–2001-yy.); Toshkent davlat yuridik instituti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi va katta o‘qituvchisi (2001–2008-yy.); Toshkent davlat yuridik instituti “1-huquq” fakulteti dekani muovini (2008-y.); Toshkent davlat yuridik instituti “Malaka oshirish” fakulteti dekani vazifasini bajaruvchisi (2008-2009-yy.); Toshkent davlat yuridik instituti O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i (2009-y.); Toshkent davlat yuridik instituti “2-mutaxassislik” fakulteti dekani muovini (2009-2010-yy.); Toshkent davlat yuridik instituti “2-huquq” fakulteti dekani (2010-2013-yy.) muovini lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, u Toshkent davlat yuridik instituti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasining katta o‘qituvchisi (2013-y.); Toshkent davlat yuridik universiteti Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti dekani (2013-2014-yy.); Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasining katta o‘qituvchisi (2014–2016-yy.); Toshkent davlat yuridik universiteti Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar kafedrasining katta o‘qituvchisi (2016-2017-yy.); Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasining katta o‘qituvchisi (2017–2020-yy.) lavozimlarida ishlagan.

2020-yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasining katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Yutuqlari

Fazliddin Samigdjanov uzoq yillik pedagogik va tashkiliy faoliyati davomida yuridik ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelmoqda. U o‘z faoliyati davomida universitetning turli fakultetlari va tarkibiy bo‘linmalarida rahbarlik hamda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli olib borgan.

2025-yildan buyon yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2025-yil 22-mayda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02 – raqamli ilmiy kengashda 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo‘yicha “Оʻzbekistоn Respublikasida budjet jarayonini takomillashtirishning moliyaviy-huquqiy masalalari” mavzusida himoya qilgan.

Mehnat faoliyati davomida 57 ta chop etilgan nashrlari mavjud. Jumladan, 2 ta darslik (hammualliflikda), 1 ta ilmiy-ommabop risola, 2 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta ilmiy-ommabop maqolalar respublika gazetalarida, 9 ta maqola ilmiy jurnalda, 35 ta maqola ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamida nashr etilgan.

Saylovoldi dasturi

Ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish:

·                    O‘quv jarayoniga innovatsion va interaktiv ta’lim metodlarini keng tatbiq etish;

·                    Ommaviy huquq yo‘nalishida amaliyotga yo‘naltirilgan dars mashg‘ulotlarini ko‘paytirish;

·                    Talabalarning huquqiy tahlil, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

·                    Raqamli texnologiyalar va elektron ta’lim platformalaridan samarali foydalanishni kengaytirish;

·                    Talabalarning xorijiy tillarni o‘rganishiga ko‘maklashish.

Ilmiy faoliyat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish:

·                    Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish;

·                    Xalqaro konferensiyalar va ilmiy loyihalarda faol ishtirok etishni qo‘llab-quvvatlash;

·                    Xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;

·                    Ilmiy maqolalar va tadqiqotlar sifatini oshirish;

·                    Fakultetning xalqaro maydondagi nufuzini kuchaytirish.

Talabalar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash:

·                    Iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish;

·                    Moot court, debat va ilmiy tanlovlarni muntazam tashkil etish;

·                    Talabalar tashabbuslari va ijtimoiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;

·                    Talabalarga amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini kengaytirish;

·                    Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy hamkorlikni kuchaytirish.

Fakultetda samarali boshqaruv va sog‘lom muhitni shakllantirish:

·                    Professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot muhitini yaratish;

·                    Jamoada o‘zaro hurmat va hamkorlik tamoyillarini mustahkamlash;

·                    Yosh pedagoglar va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash;

·                    Fakultet faoliyatida shaffoflik va samaradorlikni ta’minlash.