Almosova Shahnoza Sobirovna — Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti Tadqiqot markazi rahbarligiga nomzod
Almosova Shahnoza Sobirovna — 1991-yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan.
2013-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat bosqichini, 2020-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining Huquq va intellektual mulk mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichini tamomlagan.
Sh.Almosova mehnat faoliyatini 2013-yilda “Asklepiy” MChJda boshlagan, 2014-2015 yillar davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kabinet mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019-2020-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida kabinet mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2020-yil 25-avgustdan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasida oʻqituvchi, 2025-yil 6-maydan Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2026-yil 20-apreldan Xalqaro huquq va inson huquqlari sho‘basi dotsenti vazifasini bajaruvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
2024-yil 2-darajali yurist martaba darajasi berilgan;
2025-yil “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni sohibi;
2026-yil “O‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarganligi uchun” Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
2024-yil 1-avgustida “Jahon Savdo Tashkiloti doirasida intellektual mulk huquqlarining xalqaro-huquqiy tartibga solinishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, 12.00.10 – Xalqaro huquq ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi;
Almosova Shahnoza tomonidan hammualliflikda “Jahon Savdo Tashkiloti huquqi”, “Inson huquqlari asoslari (litsey, kolledj va texnikum o‘quvchilari uchun”, “Islom moliyasi huquqi” nomli 3 ta darslik, “Jahon Savdo Tashkiloti huquqi”, “Xalqaro huquq bo‘yicha keyslar to‘plami (Mualliflar jamoasi)” nomli 2 ta o‘quv qo‘llanma (1tasi hammualiflikda), “JST doirasida intellektual mulk huquqlari va O‘zbekiston Respublikasining tashkilotga a’zoligi oldidan qonunchilikni uyg‘unlashtirish masalalari”, “Xalqaro shartnomalar normalarini milliy qonunchilikka tatbiq etish va ijrosini ta’minlash masalalari”, “Jahon savdo tashkiloti doirasida intellektual mulk huquqlarining xalqaro-huquqiy tartibga solinishi” nomdagi 3 ta monografiyalar (1tasi hammualiflikda) muallifi hisoblanadi. Shuningdek, 20dan ortiq ilmiy maqola, xalqaro va milliy konferensiya to‘plamlarida tezislar chop etgan. Bundan tashqari, 1 ta xalqaro SCOPUS ilmiy bazasida indekslangan jurnallarda ilmiy maqola chop etgan.
Sh.Almosova mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda tashkil etilgan turli ilmiy amaliy anjumanlarda o‘zining ilmiy ishlari va ma’ruzalari bilan ishtirok etgan, ilmiy stajirovkalar o‘tgan, xususan 2022-yil may-iyun oylarida Latviyaning Riga Oliy huquq maktabi tomonidan tashkillashtirilgan “Yevropa huquqi va iqtisodiyoti” bo‘yicha 6-haftalik intensiv kursni tamomlagan, 2024 va 2025-yillarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining qator konferensiyalarida ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan.
Sh.Almosova TDYUning 12.00.10 – Xalqaro huquq ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSc) institutiga o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar bilan ixtisosliklar bo‘yicha suhbat o‘tkazuvchi komissiya a’zosi hisoblanadi.
Sh.Almosova 2024-2025 yillar davomida Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida Olima ayollar grant tanlovlari doirasida “Xalqaro huquq sohasidagi asosiy xalqaro shartnomalarning o‘zbek tilidagi matnlari platformasini yaratish” loyihasida ilmiy xodim sifatida ishtirok etgan.
Dasturda Huquqni sohalararo o‘rganish fakultetining interdisiplinar tabiatidan kelib chiqib tadqiqotchilar tarkibiga iqtisodchilar, sotsiologlar, ekologlar va IT mutaxassislarini jalb qilgan holda “Kross-funksional tadqiqot guruhlari”ni shakllantirish, ushbu guruhlar ko‘magida “Bridge” loyihalar, jumladan, “Islom huquqi va zamonaviy moliya”, “Ekologik huquq va biznes barqarorligi” kabi loyihalarni, “Huquq va iqtisodiy rivojlanish”, “huquq sotsiologiyasi”, “huquq falsafasi”, “huquq va siyosat” kabi sohalararo ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, hamda kelgusida ushbu loyiha va tadqiqotlar asosida fakultet o‘quv dasturlari uchun zarur materiallar tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Huquqnisohalararo o‘rganish fakulteti tadqiqot markazi qoshida talabalardan iborat “Pioner tadqiqotchi” klubini tashkil etish asosida Talabalarni bakalavriat bosqichidanoq tadqiqot loyihalariga assistent sifatida jalb qilish (mentorship tizimi).