May 24

Rahmatov Elyor Jumaboyevich — Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti dekanligiga nomzod

Rahmatov Elyor Jumaboyevich — 1988-yilda tug‘ilgan, millati — o‘zbek.

U 2011-yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriatini, 2013-yilda magistraturasini tugatgan, huquq magistri.

E.Rahmatov mehnat faoliyatini 2012-yilda “Kamolot” YIH Markaziy Kengashi bosh mutaxassisligi lavozimidan boshlagan. U Toshkent davlat yuridik universiteti “Moliya, bank va soliq huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi (2013–2017-yy.); Toshkent davlat yuridik universitetining 2-kurs dekanati ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari (2017–2020-yy.); Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasining o‘qituvchisi (ichki o’rindoshlik asosida) (2019–2020-yy.); Toshkent davlat yuridik universitetining Xususiy huquq fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekani o’rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2025-yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasining dotsenti vazifasida va 2026-yildan hozirga qadar Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

Yutuqlari

Elyor Rahmatov 2014-yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni, 2016-yilda “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni, 2021-yilda “O‘zbekiston mustaqilligiga 30 yil” esdalik nishoni, 2022-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko‘ra “Shuhrat” medali sohibi bo‘lgan.

2019-yilda Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari grant tanlovida ishtirok etib, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” yo‘nalishida g‘olib deb topilgan.

2023-yildan buyon yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2023-yil 4-martda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02 – raqamli ilmiy kengashda 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo‘yicha “Bojxona sohasidagi davlat boshqaruvining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida himoya qilgan.

E.Rahmatov 2025 yil iyul-avgust oylarida Niderlandiya Qirolligi Gaaga shahrida Gaaga akademiyasida stajirovka o‘tagan. Shuningdek, u 2018-2026 yillarda Turkiya, Polsha, Italiya, Niderlandiya universitetlari tajribasini o‘rganish uchun ushbu davlatlarda xizmat safarlarida bo‘lib, o‘z tajribasini oshirgan.

Ilmiy faoliyat doirasida 3 ta xalqaro, 2 ta milliy grantlarda ishtirok etgan.

Mehnat faoliyati davomida 69 ta chop etilgan, ya’ni, 4 ta darslik (hammualliflikda), 3 ta ilmiy-ommabop risola, 2 ta monografiya (hammualliflikda), 3 ta o‘quv qo‘llanma (hammualliflikda), 6 ta ilmiy-ommabop maqolalar respublika gazetalarida, 12 ta maqola ilmiy jurnalda, 39 ta maqola ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamida nashr etilgan.

Saylovoldi dasturi

1. Ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish

- Xalqaro standartlarga mos zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish;

- Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini kuchaytirish;

- Xalqaro sudlar, arbitraj va diplomatik faoliyat bo‘yicha maxsus kurslarni kengaytirish;

- Talabalarning xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini professional darajada egallashiga ko‘maklashish, buning uchun ingliz tilida darslar o’tiladigan guruhlar sonini muntazam oshirib borish;

- Raqamli ta’lim platformalari va interaktiv metodlarni keng qo‘llash.

2. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish

- Nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlik memorandumlarini ko‘paytirish;

- Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish;

- Qo‘shma konferensiyalar, xalqaro forumlar va ilmiy loyihalarni tashkil etish;

- Fakultetning xalqaro reytinglardagi ishtirokini kuchaytirish.

3. Talabalar manfaatlari va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash

- Iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;

- Moot court, debat va ilmiy tanlovlar sonini oshirish;

- Talabalar tashabbuslari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;

- Psixologik, akademik va kasbiy maslahat tizimini rivojlantirish;

- talabalarga haq to’lanadigan stajirovkalarni ko’paytirish;

- Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy mexanizmlarni kuchaytirish.

4. Ilmiy faoliyat va innovatsiyalarni rivojlantirish

- Yosh olimlar va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash;

- Scopus va Web of Science bazalaridagi maqolalar sonini oshirish;

- Ilmiy grantlar va xalqaro tadqiqot loyihalarida faol ishtirok etish;

- Fakultet huzurida ilmiy-tahliliy markazlar faoliyatini rivojlantirish.