Altiyev Razzoq Saidovich — Jinoiy odil sudlov fakulteti dekanligiga nomzod
Altiyev Razzoq Saidovich 1983-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, oilali, 3 nafar farzandi bor. U 2005-yilda TDYIning bakalavriat, 2013-yilda esa TDYUning magisratratura bosqichini tamomlagan. R.Altiyev 2005–2007-yillar Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Qoraun Kamolbek” fermer xo‘jaligi huquqshunosi, 2007–2009-yillarda fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida devonxona mudiri, sud majlisi kotibi, 2009–2011-yillarda “Qonuniy Odil Himoya” advokatlik firmasi advokat stajyori va advokati, Toshkent davlat yuridik institutining magistranti, Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “Qonuniy Odil Himoya” va “Business Lawyers Group” advokatlik firmalari advokati, 2013–2015-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik-protsessual va xo‘jalik-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi, 2015–2020-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, 2020-2021-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korruptsiyaga qarshi kurashish kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2021–2023-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, 2023–2025-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsent, 2025-yil may oyidan Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida mehnat qilib kelmoqda.
R.Altiyev 2020-yil 14-dekabrda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03 raqamli Ilmiy kengashda 12.00.08 – Jinoyat huquqi, Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi ixtisosligi bo‘yicha “Firibgarlikning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.
Shuningdek, R.Altiyev jinoyat huquqi, kriminologiya, ma’muriy javobgarlik, jinoyat ijroiya huquqi nazariyasi va amaliyotiga doir 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi.
Xususan, “Jinoyat huquqi (Umumiy qism)” darsligi (hammualliflikda), “Maʼmuriy javobgarlik (Maxsus qism)” darsligi (hammualliflikda), “Firibgarlikning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari” monografiyasi, “Jinoyat huquqiy siyosat istiqbollari” va “Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish” kabi o‘quv qo‘llanmalari, xorijiy ilmiy-amaliy jurnal va konferensiya materiallari to‘plamlarida 30 dan ortiq maqolasi, tezis, OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda 30 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan.
Shuningdek, R.Altiyev “BLG” advokatlik firmasi asoschisi bo‘lib, barcha ixtisosliklar bo‘yicha jismoniy va yuridaik shaxslarga malakali huquqiy yordam ko‘rsatib keladi.
Bosh shior: “Innovatsion ta’lim, xalqaro e’tirof va yuksak ma’naviyat — zamonaviy yuristlar maktabi poydevoridir !”
Professor - o‘qituvchilarning qadr-qimmati va talabaning kelajagi fakultet rivojining bosh mezoni sifatida qabul qilinadi.
1. O‘quv-uslubiy sohadagi islohotlar (Transformatsiya va Sifat)
Maqsad: Ta’lim jarayonini to‘liq talabaga yo‘naltirilgan (Student-centered learning) tizimga o‘tkazish va amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash.
• “Yurist-amaliyotchi” tizimi: Ta’limda yuridik kompaniyalar, sud, prokuratura va adliya organlari vakillari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish. Har bir yo‘nalish bo‘yicha “Klinik ta’lim” (Legal Clinic) tizimini kuchaytirish.
• Sillabuslarni xalqaro standartlashtirish: Farmon talablaridan kelib chiqib, o‘quv rejalarini dunyoning top-1000 taligiga kiruvchi yuridik maktablar dasturlari asosida yangilash. Sun’iy intellekt va LegalTech (raqamli huquq) modullarini fanlarga joriy etish.
• Mustaqil ta’limni tizimlashtirish: Kredit-modul (ECTS — European Credit Transfer and Accumulation System) tizimining asl mohiyatini yo‘lga qo‘yish — talabaning mustaqil ish soatlarini real loyihalar, keys-stadi va tahliliy vazifalarga yo‘naltirish.
• Shaffof baholash: Korrupsion xavflarni nolga tushirish maqsadida baholash jarayonini to‘liq raqamlashtirish, “Anonim baholash” (Blind grading) tizimini fakultet miqyosida qat’iy nazoratga olish.
2. Ilmiy-innovatsion faoliyat va Xalqaro hamkorlik
Maqsad: Fakultetning ilmiy salohiyatini oshirish, Scopus va Web of Science bazalarida TDYU brendini kuchaytirish.
• “Scopus-akselerator” loyihasi: Fakultet professor-o‘qituvchilarining maqolalarini nufuzli xalqaro jurnallarda chop etish uchun tizimli ingliz tili va Academic Writing (akademik yozuv) kurslarini tashkil etish. Ilmiy ko‘rsatkichlarni ijobiy tarafga oshirish.