April 6

TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti

TDYUda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar” moduli doirasida mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulotni “U-LEGAL” advokatlik byurosi vakili, o‘qituvchi Maftuna Aminova olib bordi. Mashg‘ulotda mualliflik shartnomalarining huquqiy mohiyati, tuzish tartibi va amaliy muammolar muhokama qilindi.

***

TDYU magistrantlari uchun “INTERLEX” advokatlik firmasida sayyor dars o‘tkazildi. Mashg‘ulotni Xalqaro xususiy huquq sho‘basi dotsenti Azamat Ergashev olib bordi. Talabalar arbitraj jarayonlari va advokatlik faoliyatining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishdi.

***

Prezidentning PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Yakkasaroy tumanidagi 89-umumta'lim maktabida “Street law” loyihasining ilk darsi o‘tkazildi. Unda TDYU Jinoyat-protsessual sho‘basi o‘qituvchisi Albina Tadjibayeva hamda talabalar Saida Nigamanova va Abdulboris Rasulov ishtirok etdi.

***

Yashnobod tumanidagi 255-umumta'lim maktabida TDYU o‘qituvchisi Odilbek Iriskulov tomonidan “Sun’iy intellekt va startaplar: kelajak texnologiyalari sari qadam” mavzusida tadbir tashkil etildi. Mashg‘ulotda o‘quvchilarga AI texnologiyalari, startaplar yaratish imkoniyatlari va kelajak kasblari haqida ma’lumot berildi.

***

TDYU Davlat va huquq nazariyasi shu’basi professori Mavlyuda Axmedshayeva tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–232-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Sadoqat Safoyeva ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

Dars davomida talabalarga sud sharhi (kazual sharh), sud qarorining huquqni qo‘llash hujjati sifatidagi ahamiyati hamda uning huquqiy maqomi kabi masalalar yuzasidan amaliy misollar asosida ma’lumot berildi.

Mashg‘ulot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldi.

***

Prezidentning PF–232-son Farmoni ijrosi doirasida TDYUda “Sud hokimiyati” moduli asosida mahorat darsi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi Olimjon Shamsiyev olib borgan mashg‘ulot davomida tumanlararo ma’muriy sudning faoliyati, uning sud tizimida tutgan o‘rni, amalga oshirish bo‘yicha choralari haqida ma’lumot berildi.

Yakunda talabalar amaliyotchi mutaxassisdan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

***

Toshkent davlat yuridik universiteti Sud hokimiyati, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar shu’basi tomonidan “Sud hokimiyati” moduli doirasida mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi Elbekjon Turg‘unboyev olib bordi.

Mahorat darsida E.Turg‘unboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyati, uning sud tizimida tutgan o‘rni haqida ma’lumot berildi.

***

Toshkent davlat yuridik universiteti Sud hokimiyati, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar shu’basi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi yetakchi inspektori Bobomurod Eshquvatov ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mahorat darsi davomida mutaxassis tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi vakolatlari, uning sud-huquq islohotlaridagi ahamiyati hamda sud organlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi.