Mavlanov Kamoliddin To‘ychiyevich — Jinoiy odil sudlov fakulteti Akademik departamenti boshliqligiga nomzod
Mavlanov Kamoliddin To‘ychievich 1989-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Toshkent davlat yuridik universitetida 2015-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Bu davr mobaynida universitetning Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi (sho‘basi)da ishlab kelmoqda va sho‘baning o‘quv jarayonini tashkil etish yo‘nalishiga mas’ul hisoblanadi.
K.Mavlanov 2022-yilda yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan.
Nomzod professor-o‘qituvchilar faoliyatida uchraydigan qator muammolarni xal etish va bu orqali universitetda dars sifatini yaxshilashga qaratilgan qator yechimlarni taklif etadi:
- oraliq va yakuniy imtihonlar uchun ajratilgan soatlarni qayta ko‘rib chiqishga erishish. Bunda talabaning faqat semestr yakunida emas, semestr davomida doimiy izlanishda bo‘lishiga turtki berish;
- yakuniy davlat attestatsiya imtihoniga qo‘yilgan talablarni qayta ko‘rib chiqish. Talabaning huquqiy ongi va tahlil qilish ko‘nikmasi shakllanishiga xizmat qilmaydigan imtihon shakllaridan voz kechish;
ma’ruza mashg‘ulotlarida talabaning majburiy ishtirok etish tartibini qayta ko‘rib chiqishga erishish.