August 11, 2023

Umra amali quyidagicha amalga oshiriladi:

1⃣ Birinchi: Umra qilmoqchi boʻlgan odam miyqotga yetib kelganidan soʻng, gʻusl qilib, tozalanishi mustaxabdir.

2⃣ Ikkinchi: Erkak kishi tikilgan barcha kiyimlarini yechib, izor (bel osti lungisi) va rido (bel usti lungisi) bog‘laydi. Erkaklarning oq rangdagi izor va ridoni boshlarini oʻramasdan bogʻlashlari mustaxabdir.

Xotin-qizlar esa, ziynat va shuhrati boʻlmagan oddiy kiyimlarni kiyishi — ehrom bog‘lashidir.

3⃣ Uchinchi: Soʻngra qalbi bilan ibodatga kirishishni niyat qiladi va tili bilan: „Labbayka Allohumma umratan“ (Allohim sening barcha hukmlaringga tayyorman va umraga niyat qildim) yoki „Allohumma labbayka umratan“ (Ilohim, sening barcha hukmlaringga tayyorman va umraga niyat qildim), deydi.

4⃣ Toʻrtinchi: Kaʼbaga yetib kelgach talbiya aytishni toʻxtatadi va Qora tosh-Xajarul-asvadni qasd qiladi-da, uning qarshisiga yurib, uni oʻng qoʻli bilan silaydi yoki imkoni boʻlsa, oʻpadi. Odamlarga ozor bermaydi. Silash paytida: „Bismillahi vallohu akbar“ (Allohning ismi bilan va Alloh buyukdir) yoki „Allohu akbar“ (Alloh buyukdir), deydi. Agar oʻpish imkoni boʻlmasa, qoʻli yoki hassasi va shunga oʻxshash biror narsa bilan silaydi va silagan narsasini oʻpadi.

5⃣ Beshinchi: Tavof qilar ekan, Kaʼba uning chap tarafida boʻlishiga diqqat qilinadi va uni yetti marta tavof qilinadi. Agar oʻng taraf — „Ruknul-yamoniy“ga yetib kelinsa, uni oʻng qoʻl bilan silanadi va: „Allohu akbar“ deyiladi

6⃣ Oltinchi: Maqomi Ibrohim orqasida, imkoni boʻlsa, ikki rakaat namoz oʻqiydi. Agar imkoni boʻlmasa, masjidning har qaysi yerida oʻqilsa ham boʻlaveradi.

7⃣ Yettinchi: Keyin Safo (tog‘i) tarafiga borib, uning ustiga chiqiladi yoki turiladi.

8⃣ Sakkizinchi: Agar yurish-saʼy nihoyasiga yetsa, erkaklar sochlarini qirishlari yoki qisqartirishlari zarur. Qirib tashlash afzaldir. Agar Makkaga kelish payti Haj mavsumiga yaqin boʻlsa, sochlarni qisqartirish afzaldir. Chunki sochning qolgan qismini Haj mavsumida qirib tashlanishi mumkin. Xotin-qizlar esa, sochlarini toʻplab uning uchidan bir barmoq boʻgimicha yoki undan ozroq qirqishlari yetarlidir.

Ehrom bog‘lagan odam yuqorida zikri oʻtgan amallarni qilsa, umra ibodati tugaydi.